Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada Cobalt yo‘l chetida ketayotgan 5 kishini urib yubordi. 2 kishi halok bo‘ldi
Yana uch kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
IIV axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 5 mart kuni kechki payt sodir bo‘lgan.
1997 yilda tug‘ilgan haydovchi Cobalt mashinasida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetida ketayotgan 5 kishini urib yuborgan.
Oqibatda piyodalarning ikki nafari og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Qolgan uch nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:45
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026