19:00 / 07.03.2024
13146
Reklama

Kombinatning oltin ayollari

Mamlakatimiz bo‘ylab go‘zallik va nafosat bayrami keng tantana qilinmoqda. Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ham bu ayyom ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda. Navoiy, Uchquduq, Zarafshon shaharlari, Zarkent qo‘rg‘onida o‘tgan tadbirlarda konchilik va metallurgiya sohasi, Qizilqum kengliklarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning fidokorona mehnatlari yuksak e’tirof etilib, rag‘batlantirilmoqda.

Foto: NKMK

Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida o‘tgan tantanali tadbirda “NKMK” AJ Bosh direktori Q.Sanaqulovning bayram tabrigida kombinat xotin-qizlarning korxona faoliyatidagi o‘rni va hissasi alohida ta’kidlandi.

Bugungi kunda kombinat O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelyapti. Keyingi yillarda yirik investitsion loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 5, 6, 7-gidrometallurgiya zavodlari va 2-gidrometallurgiya zavodining ikkinchi navbati ishga tushirildi. Yangi quvvatlarni foydalanishga topshirish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmi yanada oshdi.

Bu yutuqlar zamirida kombinatda mehnat qilayotgan 6 ming nafardan ortiq xotin-qizlarning ham munosib hissasi bor. Ular orasida iqtisodchilar va hisobchilar, huquqshunoslar, loyihachilar, kran mashinistlari, dasturchilar, muhandislar, quruvchilar, operatorlar, ijtimoiy soha xodimlari va boshqa kasb egalari borligi haqiqiy ibrat namunasidir.

- Bayram arafasida “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganim haqidagi xushxabardan ko‘nglim tog‘dek ko‘tarildi. – Bu mukofotni nafaqat menga, balki jamoamiz xotin-qizlari mehnatiga berilgan rag‘bat deb bilaman, – deydi “Zarmitan” koni laboranti Mastura Qudratova.

Kombinat ma’muriyati kasaba uyushma kengashi bilan hamkorlikda xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish, ularga munosib ish sharoitlarini yaratish hamda rag‘batlantirishga doimiy e’tibor qaratib kelmoqda.

“Farhod” madaniyat saroyida o‘tgan tadbirda soha ilg‘orlaridan bir guruhi “NKMK faxriysi” ko‘krak nishoni va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Badiiy jamoalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar davraga fayz bag‘ishladi.

Siroj Aslonov olgan suratlar.

Top