Özbekistonning London birjasida aksiyalarini joylaştirişni körib çiqayotgan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” (NKMK) keyingi beş yil içida oltin işlab çiqarişni 30 foizga oşirişni rejalaştirmoqda. Bu kompaniyaning dunyodagi yetakçi oltin işlab çiqaruvçilar orasidagi örnini yanada mustahkamlaşi kutilmoqda.
Kompaniya matbuot xizmatining Bloomberğga ma’lum qilişiça, işlab çiqarişni 2030 yilga borib 4 million unsiyagaça yetkaziş 2025 yilda boşlangan rivojlantiriş dasturi doirasida amalga oşiriladi. Bu dastur har yili 600 million dollargaça sarmoya kiritişni öz içiga oladi.
Davlatga qaraşli NKMK ötgan yilda 3,1 million unsiya oltin işlab çiqarib, öz maqsad körsatkiçiga erişgan hamda Rossiyaning “Polyus” kompaniyasini ortda qoldirib, dunyodagi törtinçi yirik oltin işlab çiqaruvçi kompaniyaga aylangan.
“Joriy yilda Özbekiston xususiylaştiriş dasturini jadallaştirar ekan, NKMK Citygroup Inc., Morgan Stanley va JPMorgan Chase& Co. banklari bilan hamkorlikda London va Toşkentda birlamçi ommaviy aksiyalar joylaştiriş (IPO) imkoniyatini örganmoqda. Avgust oyida bu jarayon bilan taniş manbalarga köra, kompaniya taxminan 20 milliard dollarlik baholanişga erişişni maqsad qilgan”, - deb yozdi naşr.
Kombinatning yangi rivojlaniş dasturi doirasidagi asosiy loyihalar — Muruntov konini kengaytiriş va yiliga 30 million tonna ruda qayta işlaş quvvatiga ega yangi zavod qurişdan iborat.
Özbekiston Markaziy banki hozirça NKMK oltinining asosiy xaridori va eksportini amalga oşiruvçi taşkilot bölib qolmoqda. Şunga qaramay, kompaniya asta-sekin içki sotuvlarni oşirib, mahalliy zargarlik sanoatini qöllab-quvvatlaşni maqsad qilgan.
Sentyabr oyidagi hisobotga köra, NKMK daromadi yilning birinçi yarmida 41 foizga oşib, 4,7 milliard dollarga, EBITDA (foyda körsatkiçi) esa 52 foizga oşib, 3,1 milliard dollarga yetgan.
Avvalroq. NKMK 2025 yilning I yarmida oltindan rekord darajada foyda va daromad körgani ma’lum qilingandi. Kombinat 2025 yilning 6 oyida 1,52 million troya unsiya otin işlab çiqardi. Bu davrda kompaniya daromadi 40 foizga, sof foydasi esa 71,8 foizga ösdi. Şu bilan birga oltin işlab çiqariş tannarxi 28 foizga oşdi – bu raqamlar sönggi yillarda ösib boryapti.
NKMK dual listingda 20 mlrd dollarlik kompaniyaga aylanmoqçi












