SSSR eng yaqin ittifoqçisi Xitoy bilan nega jang qilgan edi? Uzoq Şarqdagi orol uçun bölgan qurolli mojaro tarixi
|18:52 / 10.03.202446 26915 min
1969 yilda Uzoq Şarqdan oqib ötuvçi Ussuri daryosidagi bir orol uçun yaqin ittifoqçilar SSSR va Xitoy örtasida qurolli mojaro bölib ötadi. Unda sovet armiyasi ğalaba qozonadi va orolni töliq egallab oladi. Biroq Xitoy öz da’vosidan voz keçmaydi va 2010-yillar boşida Rossiya öşa orolni baribir xitoyliklarga berib yubordi.
Agar SSSR tarixiga nazar taşlansa, bu davlat taşkil topganidan boşlab qariyb parçalanib ketgança doim qöşni davlatlarga hududiy da’volar qilgan. Turli yillarda qöşnilar yerining bir qismini bosib olgan.
1939 yil avgustda Moskvada Molotov Ribbentrop pakti imzolangandan söng köp ötmay Germaniya va SSSR Şarqiy Yevropadagi qator davlatlarni bosib olib, ularning hududini özaro taqsimlab olişadi.
Şu tariqa 1939-1940 yillarda SSSR avvaliga Polşaning, söng Finlandiya, Çexoslovakiya, Vengriya va Ruminiyaning bir qism hududini bosib olib, öz tarkibiga qöşadi.
Ikkinçi jahon uruşi tugagandan söng Germaniya özi bosib olgan barça hududlarni, şuningdek, öziga tegişli bölgan Şarqiy Prussiya yerlarini yöqotadi.
Biroq sovetlar uruşning asosiy ğolibi sifatida Şarqiy Yevropa davlatlaridan bosib olgan hududlarini qaytarib berişmaydi. Aksinça, yana bir neçta davlatning hududlarini egallab olişadi, boşqasiga davlatlarga hududiy da’volar bilan çiqişadi.
1939-1945 yillar oraliğida SSSR Şarqiy Yevropada bosib olgan hududlari
Masalan, Yaponiya taslim bölganidan söng unga tegişli Kuril orollarini bosib olişadi. Xitoyga va koreyslarga tegişli hududlarni egallaşadi.
Uzoq Şarqda öz maqsadiga erişgan sovetlar endi Kavkazda 1940-yillar oxiri, 1950-yillar boşlarida Turkiyadan yer da’vo qilişga ötişadi. Natijada Turkiya NATOga a’zo böladi va şu tariqa sovetlarning da’volaridan qutuladi.
Bu orada 1960-yillarda Xitoy biroz oyoqqa turib olgandan söng öz hududlarini talab qila boşlaydi. Biroq öşa paytlarda SSSR Xitoydan bir neça barobar qudratli, harbiy salohiyati ustun edi.
Şu sababli har ikki davlat örtasida qisqa vaqtda bölib ötgan bir neçta qurolli töqnaşuvda sovetlar ğalaba qozonadi. Biroq Xitoy yer da’vosidan keçib ketmaydi va öşa yerlarning bir qismini 21-asrda qaytarib olişga muvaffaq böldi.
Xitoyning ma’muriy xaritasi
Mavzuga oid
SSSR va Xitoy orasidagi munosabatlarning sovişi
Agar Xitoy tarixiga qaralsa, kommunistlar Çin ölkasida hokimiyatni sovetlar yordamida qölga kiritganini köriş mumkin.
Ikkinçi jahon uruşi oxirroqlarida Yaponiya armiyasi Xitoydan quvib çiqarilgaç mamlakatning xorijga çiqib ketgan rahbari Çan Kayşi qaytib keladi.
Ikkinçi tomondan Xitoyda kommunistik tuzum örnatmoqçi bölgan kuçlar Mao Tszedun boşçiligida harakat boşlaşadi. Oxir-oqibat bir neça yil davom etgan fuqarolar uruşidan söng SSSR qöllagan Mao Tszedun Xitoyda hokimiyatni qölga oladi. Çan Kayşi boşçiligidagi Xitoy respublikasi hukumati va tarafdorlari Tayvan oroliga qoçib ötadi.
Öşa paytlarda Xitoy rahbari Mao Tszedun va SSSR rahbari Iosif Stalin döstona munosabatda edi. Şu sababli uruşdan söng SSSR Xitoyning rivojlanişi uçun bu mamlakatga turli mutaxassislarni yuboradi. Iqtisodiy va moliyaviy yordam beriladi.
Biroq 1953 yil 5 martda Stalin vafot etgaç vaziyat özgaradi. “Dohiy”dan söng SSSRni boşqargan Nikita Xruşçyov NKVD rahbari Beriyani aytmaganda Stalinga sodiq bölgan şaxslar bilan biroz ehtiyotkor munosabatda böladi.
Bundan taşqari garçi Stalin davrida qatağon qilinganlarni oqlaş işlari jadallik bilan olib borilsa-da “dohiy”ning şa’niga yomon söz gapirmaydi.
Biroq 1956 yilda Nikita Xruşçev partiyaning XX s’yezdida “Şaxsga siğiniş va uning oqibatlari” haqidagi ma’ruzasida Stalin davrida qilingan işlarni keskin qoralaydi. “Xalqlar dohiysi” deb ta’riflanadigan Stalinning özini “qonxör va zolim edi” deb ataydi.
Mao Tszedun va Stalin
Garçi Xruşçevning ma’ruzasi heç qayerda e’lon qilinmagan bölsa ham uning matni nafaqat SSSR, butun dunyoga tarqaladi. Şundan söng sotsialistik lagerga kiruvçi ayrim davlatlar rahbarlari SSSRdan uzoqlaşa boşlaşadi.
Stalin qoralanganidan xafa bölganlardan biri Albaniya rahbari Anvar Xöja bölsa, yana biri Xitoy rahbari Mao Tszedun edi. Şundan söng SSSR va Xitoy munosabatlari soviy boşlaydi.
Oqibatda har ikki davlat örtasidagi hududiy mojarolar yana qözğaydi va bir neça marta qurolli töqnaşuvlar, janglar bölib ötadi. 1969 yilda Ussuri daryosidagi Daman oroli uçun bölib ötgan qurolli mojaro ana şulardan biri edi.
Daman oroli uçun da’volar
Daman oroli Ussuri daryosining örtasida joylaşgan bölib, Xitoy va Rossiya örtasida orol uçun bahslar 19-asrda boşlangan. Ruslar Uzoq Şarqni öz nazoratiga olar ekan, Xitoy bilan çegara masalasi ança bahsli edi.
Orolga ruslar muhandis Stanislav Damanskiy nomini bergan. Xitoy tomoni esa uni Çjenbao – Qimmatbaho deb atardi.
Birinçi jahon uruşidan söng, 1919 yilda Parijda tinçlik konferensiyasi ötkaziladi va şunda juda köp davlatlar özaro çegarani daryolar böylab ötkazişga rozi bölişadi.
Şundan söng Xitoy va Rossiya (keyinçalik SSSR) örtasidagi çegara ham şimolda Amur, şarqda Ussuri daryolari böylab ötkaziladi. Biroq öşa paytda bu daryolar örtasida qolib ketgan bir qança orollar bahsli bölib qoladi.
1930-yillarda Xitoyni Yaponiya egallaydi va bahsli orollar masalasi ahamiyatini yöqotadi. Ikkinçi jahon uruşi tugagandan söng Mao Tszedun boşçiligidagi kommunistlar sovetlar yordami bilan Jan Kayşi boşçiligidagi Xitoy respublikasi yiqitişadi. Söng uning örniga Xitoy xalq respublikasi tuziladi.
Ussuri daryosida joylaşgan Daman oroli
Öşa paytlarda Mao Tszedun Stalin bilan döstona aloqada bölgan va şu sababli ham Amur va Ussuri daryolaridagi orollar masalasi kötarilmagan. Ya’ni öşa orollarga Xitoy da’vogarligini saqlab turadi, biroq kun tartibiga çiqarmaydi.
Stalin vafotidan söng uç yil ötib, 1956 yilda Nikita Xruşçyov uni yomonlab çiqadi. Bu Mao Tszedunga yoqmaydi va Xitoy hamda SSSR örtasidagi aloqalar sovuqlaşa boşlaydi.
Ana şu paytda Xitoy Amur va Ussuri daryolaridagi bahsli orollar böyiça yana eski da’volarni qözğay boşlaydi. Bu orollar orasida eng ahamiyatlisi Ussuri daryosi örtasida joylaşgan Daman oroli edi.
1964 yilda Xruşçyov taxtdan ağdariladi va uning örniga Brejnev SSSR rahbari böladi. Biroq Xitoy bilan munosabatlar iliqlaşmaydi va eski holiça qoladi. Xitoy esa Daman oroli böyiça tobora qat’iyroq talablarni qöya boşlaydi.
Qurolli mojaroning boşlanişi
1969 yil 1 mart kuni tunda 300 nafar xitoylik harbiylar muzlagan Ussuri daryosi ustidan ötib, Daman oroli hududiga kirişadi. Ular sovet çegaraçilari sezib qolmasligi uçun qorda oppoq kiyinişgan, qurollar va boşqa barça narsalarini ovoz çiqarmasligi uçun maxsus matolar bilan örab olişgandi.
Xitoyliklar orolda mudofaa nuqtasi taşkil etadi. Söng 30 nafar askarni razvedka ma’lumotlari oliş uçun orolning yanada içkariroğiga yöllaşadi. Ularni sezib qolgan sovet çegaraçilari bu haqda öz boşliqlariga ma’lumot beradi.
Şundan söng xitoyliklarni quvib çiqariş uçun kam sonli sovet harbiylari yöllanadi. Ular borib xitoyliklarga darhol sovet hududini böşatib çiqişni talab qilişadi.
Daman orolini egallaş uçun borgan xitoylik harbiylar
Bunga javoban xitoyliklar öt oçişadi va önga yaqin sovet harbiylari halok böladi. Bu orada jangga xitoy harbiylarining qolgan qismi ham qöşiladi. Sovetlarga esa qöşimça kuç jönatiladi. Şu tariqa qaqşatqiç janglar boşlanib ketadi.
Uruş ikki kun davom etadi va unda 2 500 xitoy harbiysi, 500 ga yaqin sovet harbiylari iştirok etadi. Xitoylik harbiylarda zirhli texnikalar yöq edi. Sovetlar esa parom bilan tanklar va BTRlarni orolga olib ötib, ular yordamida xitoyliklar pozitsiyalariga zarba berişadi.
Şundan söng xitoyliklar juda katta yöqotişlarga uçrab ortga çekinişadi. Öşanda xitoyliklardan mingga yaqin harbiy halok böladi. Sovetlar 100 ga yaqin harbiylaridan ayrilişadi.
Xitoy harbiylari çekingandan söng 3 mart kuni Pekindagi sovet elçixonasi oldida xitoyliklarning yirik namoyişi bölib ötadi. Öşa paytda Xitoy kompartiyasi tasarrufidagi gazetalarda SSSR qoralangan maqolalar çop etiladi.
“Yöqolsin yangi şoh” nomi ostida çop etilgan maqolada sovet qöşinlari Usulitszyan (ular Ussurini şunday ataşadi) daryosidagi Xitoyga tegişli bölgan Çjenbaodao (Damanning xitoyça nomi) oroliga hujum qilib, köplab Xitoy harbiylarini öldirişgani yozilgandi.
4 mart kuni “Pravda” gazetasida “Şarmanda bölgan buzğunçilar” nomi bilan maqola e’lon qilinadi. Unda Ussuri daryosida joylaşgan Daman orolida sovet çegarasini buzib kirgan xitoy harbiylari tor-mor etilgani haqida xabar berilgandi.
Sovetlar 8 mart kuni Xitoyning Moskvadagi elçixonasi oldida namoyiş uyuştirişadi. Unda qatnaşganlar “Şarmanda Mao”, “Yöqolsin şovinist Xitoy rahbarlari” kabi plakatlarni kötarib olişgandi.
SSSRdagi Xitoyga qarşi namoyişlardan biri
Birinçi töqnaşuv sodir bölganidan ikki hafta ötib, xitoyliklar yana orolga hujum boşlaydi. Ikki kun davom etgan qaqşatqiç janglardan söng Xitoy harbiylari juda katta yöqotişlar bilan yana ortga çekinadi. Keyin boşqa hujum qilişga botina olişmaydi.
Öşanda quruqlikda zirhli texnikalar bilan jang qilayotgan sovet harbiylarini havodan harbiy aviatsiya ham qöllab turadi. Harbiy samolyotlar xitoyliklar pozitsiyalariga raketa zarbalari ham beradi.
Hozir Rossiya tarixida öşanda Daman oroliga xitoy harbiylari bostirib kirgani aytilsa, Xitoyda öqitilayotgan tarixda aksinça, Xitoyga tegişli orolga sovet harbiylari bostirib kelgani aytiladi.
Yöqotişlar, muzokaralar va kelişuv
Ikki hafta davom etgan janglarda Xitoy tomoni 1000 ga yaqin harbiylar ayrilgan. Yana köplab jangçilar yaralangan. Sovetlar esa qariyb 100 harbiyni yöqotgan va yana şunçasi yarador bölgan.
Biroq har ikki tomon ham öşa paytda özining yöqotişlarini kamaytirib körsatgan. Keyinçalik hodisa guvohlari har ikki tomondan yöqotişlar va yarador bölganlar hisobotlarda körsatilganidan bir neça barobar köp bölganini aytişgan.
Sovetlar 1969 yil yozda Damanni zirhli texnikalar bilan himoya qilişga majbur bölişadi
Mart oyida asosiy janglar bölib ötgandan söng yoz davomida ikki tomon sovetlar oroldan turib, xitoyliklar daryoning bu sohilidan bir biriga qarşi öt oçib turadi.
Bu paytda SSSRda Daman uçun jangda qatnaşgan harbiylarning bir guruhiga tantanali ravişda davlatning yuksak orden va medallari topşiriladi.
1969 yil 10 sentabr kuni Xitoy tomoni öz harbiylariga öt oçişni töxtatiş böyiça buyruq beradi. Bunga sabab bor edi. Gap şundaki, öşa kunlarda Vetnamda Xo Şi Min vafot etadi va SSSR ministrlar soveti raisi Aleksey Kosigin uning dafn marosimiga borgandi.
Kosigin orqaga qaytişda Pekinda töxtab, Xitoy rahbarlari bilan muzokaralar ötkazişi kerak edi. Şu sababli Xitoy tomoni öt oçişni töxtatib turişga qaror qiladi.
Kosigin Pekinda Xitoy ministrlar sovetining raisi Çjou Enlay bilan uçraşadi. Şu yerda ikki tomon öt oçişni ham, özaro duşmanlikni ham töxtatiş böyiça bitim imzolaşadi.
Kosigin Pekinda, 1969 yil
Şundan söng xitoyliklar Daman oroliga yana qaytişadi va de-fakto orolning bir qismini nazorat qila boşlaşadi.
Keyinçalik, öşanda Kosigin Pekinga borişidan avval Moskvada “haddidan oşgan” Xitoyga yadroviy hujum qiliş masalasi ham muhokama qilingani oydinlaşadi. Oxirida sovetlar bu rejadan voz keçişgan va Xitoy bilan muzokara ötkazişga kelişişgan.
Qurolli mojaro töxtatilgandan söng Moskva va Pekin örtasida Daman va Amur daryosida joylaşgan boşqa orollar masalasida bir neça marta muzokaralar ötkaziladi.
Oxir-oqibat 1991 yilda SSSR tarqab ketişidan biroz avval, 1991 yilda Moskvada Daman orolini Xitoyga beriş töğrisidagi kelişuv imzolanadi.
Biroq ittifoq parçalanib ketgandan söng Rossiya tomoni SSSR rahbarlari imzolagan kelişuvni tan olmaydi va Daman yana bahsli hududga aylanadi. Keyinçalik orol baribir Xitoyga beriladi.
Xitoyga berib yuborilgan orollar
SSSR parçalanib ketgandan söng Xitoy Rossiyadan nafaqat Daman orolini, balki Uzoq Şarqda joylaşgan yana bir qança orollari oldi. Ularning barçasi Putin boşqaruvi davrida berildi.
Jumladan, 2004 yil Putin Xitoyga amalga oşirgan davlat taşrifi davomida Xabarovsk ölkasida joylaşgan Katta Ussuriysk oroli yarmini va Tarabarov orolini Xitoyga beriş haqidagi hujjatlarni ham imzolaydi.
2008 yilda Katta Ussuriysk oroli yarmi va Tarabarov oroli uzil-kesil Xitoy boşqaruviga topşiriladi. Öşa paytda kelişuvda Katta Ussuriysk orolida vizasiz rejim örnatilişi, bu yerda yaşovçi rossiyaliklar va xitoyliklar orol böylab erkin harakatlanişi haqidagi band bor edi.
Biroq Rossiya OAVlari 2023 yildan boşlab Xitoy tomoni orolning yarmida yaşovçi rossiyaliklarni öz tomoniga vizasiz ötkazişni töxtatgani haqida yozib çiqişdi.
Sönggi yillarda Xitoyda çop etilayotgan yangi xaritalarda Katta Ussuriysk oroli töliq Xitoy hududi sifatida körsatilmoqda. Bu kelajakda Xitoy orolning Rossiyaliklar egaligida qolgan qismiga ham da’vo qilişini anglatadi.
Rossiya SSSR parçalanib ketgandan söng Amur daryosidagi Tarabarov oroli va Katta Ussuriysk orolining yarmini Xitoyga berib yubordi
2014 yilda Xitoy tomoni Rossiyani Damanni ham öziga berişga köndiradi. Şundan söng orol uzil-kesil Xitoy boşqaruviga topşiriladi.
Daman Xitoyga topşirilgan paytda orolda bir qança rossiyaliklarning uylari bor edi va u yerda ança odam yaşardi. 2014 yilda orol Xitoyga ötgaç rossiyaliklar Damandan köçirib ketiladi.
Rossiya OAVlarida yozilişiça, Putin boşqaruvi davrida umumiy hisobda Rossiya Uzoq Şarqda, Amur va Ussuri daryolarida joylaşgan turli kattalikdagi 600 dan oşiq orollarni Xitoyga topşirgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi