Ukrainadagi uruşning 745-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- BBC va «Mediazona» keng kölamli uruş boşlanganidan buyonn Ukrainada halok bölgan 46 ming rossiyalik harbiy ölimini oçiq manbalar orqali tasdiqladi.
- Fransiya mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu fransuz harbiylari harbiy harakatlarda iştirok etiş uçun emas, balki minalardan tozalaş yoki ukrain askarlarini öqitiş maqsadida Ukrainaga yuborilişi mumkinligini ma’lum qildi.
- Fransuz kompaniyalari Ukraina hududida harbiy texnikalar uçun ehtiyot qismlar işlab çiqarişni boşlaydi.
- Belgorod oblastining Rojdestvenka qişloğida ukrainlarning kamikadze dronlari hujumi oqibatida ikki kişi halok böldi.
- Xarkiv oblasti Kupyansk şahri öqqa tutilişi oqibatida tinç aholi vakillaridan ikki kişi halok böldi; Çuhuyiv öqqa tutilişi oqibatida uç yoşli bola jarohatlandi.
- Vladimir Zelenskiy Rajab Toyyib Erdöğan bilan uçraşdi. Turkiya öz hududida uruşni yakunlaş böyiça Ukraina va Rossiya örtasidagi sammitni qabul qilişga tayyorligini ma’lum qildi.
- Jo Bayden Kongressga har yilgi murojaatida Ukrainaga harbiy yordamni ma’qullaşga çaqirdi.
- Çexiya boş vaziri Petr Fiala Ukrainaga 300 mingta öq-dori yetkazib beriş uçun yetarli mablağ töplaşga muvaffaq bölingani haqida xabar berdi.
- Bloomberg Ukrainani tiklaş 1 trillion dollarga tuşişi, taxminiy reja allaqaçon mavjudligi haqida xabar berdi.
Baxmut yaqinidagi ukrain askarlari çexlar gaubitsalari bilan





































