Jahon | 15:42 / 11.03.2024
14035
5 daqiqa o‘qiladi

Baxmut yaqinida himoyalanayotgan ukrainlar va Donetskda ovoz berish jarayoni. Urush suratlari

Ukrainada urushning 746-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukrainaning Donetsk oblastida rossiyaliklar zarbasi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi.
  • Rossiyaning Kursk oblastida Ukraina tomonidan yo‘llangan zarba oqibatida bir ayol halok bo‘lib, uning turmush o‘rtog‘i jarohatlangan.
  • Ussuriyskda Ukrainadagi urush qatnashchisining «ikkinchi oyog‘ini uzib olish» bilan tahdid qilgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
  • RF qo‘shini Ukraina bo‘ylab S-300 tizimlaridan to‘rtta raketa yo‘lladi. Shundan uchtasi — Mirnograd shahriga. Bu yerda to‘qqiz kishi jarohatlangan, ko‘p qavatli turar joy binosi shikastlangan.
  • Moskvada sud Polshadagi Rossiya elchisiga lavlagi sharbati sepgan ukrainalik ayolni sirtdan hibsga oldi.
  • Rim papasi o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralarga chaqirdi. Vatikan uning so‘zlariga oydinlik kiritishiga to‘g‘ri keldi.
  • Rossiya Harbiy-dengiz floti bosh qo‘mondoni Nikolay Yevmenov iste’foga chiqqani haqida xabar tarqaldi.

Ukrain armiyasining Baxmut atrofidagi pozitsiyasi

Baxmut 2023 yil mayida Rossiya qo‘shini tomonidan egallab olingandi, ammo RF qurolli kuchlari shundan keyin frontning bu uchastkasida ilgarilay olmadi. 2024 yil mart oyi holatiga ko‘ra Rossiya qo‘shini Baxmut atrofidagi Ivanovske va Bogdanovka qishloqlari hududida yurish qilishga urinmoqda, ammo ukrain harbiylari hujumlarni qaytarmoqda.

Qishki yurish ritsarlari nomidagi 28-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi jangchilari Baxmut yaqinidagi okopda
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut yaqinidagi 28-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi harbiy xizmatchilari
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
80-alohida desant-shturm brigadasi jangchilari Baxmut yaqinida
Wolfgang Schwan / Anadolu / ddp / Vida Press
Baxmut yaqinidagi janglarda 56-alohida dengiz piyodalari brigadasi ham qatnashmoqda
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Wolfgang Schwan / Anadolu / ddp / Vida Press
Wolfgang Schwan / Anadolu / ddp / Vida Press
Wolfgang Schwan / Anadolu / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukrainalik jangchilar 122-millimetr kalibrli D-30 gaubitsasidan o‘t ochmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press

Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk oblastidagi stabilizatsiya punkti

Stabilizatsiya punkti — jang maydonida yaralangan ukrain harbiylari olib kelinadigan ilk nuqta. Bu yerda tibbiyot xodimlari yaradorlarga kechiktirib bo‘lmaydigan birinchi yordamni ko‘rsatishadi, shifoxonada davolanishga yuborishdan oldin ularning holatini barqarorlashtirish choralarini amalga oshirishadi.

Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press

Anneksiya qilingan hududlarda Rossiya prezidentlik saylovlarida muddatdan oldin ovoz berish

15-17 mart kunlari Rossiyada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga, Vladimir Putin g‘olib deb e’lon qilinishiga hech qanday shubha yo‘q, ammo, «Meduza» xabariga ko‘ra, Kreml haddan tashqari yuqori davomatga erishmoqchi — 70–80 foiz atrofida. Rossiya markaziy saylov komissiyasi Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlarida muddatidan ilgari ovoz berish uchun saylov uchastkalaridan tashqari mobil punktlar ham tashkil qilgan. Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinda ishtirok etayotgan rossiyalik harbiylar «to‘g‘ridan to‘g‘ri jangovar topshiriqlarni bajarish hududlarida ovoz beradi», deb ma’lum qilgan RF mudofaa vazirligi.

«Saylov komissiya» Donetskdagi ko‘chada ovoz berish jarayonini kuzatmoqda, 10 mart
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donetskda muddatidan ilgari ovoz berilishi uchun mobil punkt, 10 mart
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya markaziy saylov komissiyasi prezidentlik saylovlaridan oldin «yangi regionlar»da 4,56 million saylovchi borligini e’lon qilgandi. Saylovlarda DXRda Rossiya pasportiga ega bo‘lgan 1,97 million kishi ishtirok etishi mumkin.
Taisiya Voronsova / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Mavzuga oid