Nizom Dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan grant, subsidiya, kredit va lizing ajratiş tartibini belgilaydi.

Quyidagilar jamğarma hisobidan moliyaviy qöllab-quvvatlaş turlari hisoblanadi:

▪️har yili 500 ta mahallada bittadan aholi tomorqasida amalga oşirilgan eng namunali va innovatsiya loyiha uçun BHMning 100 baravaridan oşmagan miqdorda grantlar ajratiş;
▪️usta dehqonlar tomonidan qisqa muddatli öquv kurslarini taşkil etiş bilan boğliq xarajatlarni qoplaş uçun har bir kurs uçun BHMning 15 baravarigaça miqdorda subsidiya ajratiş;
▪️muayyan mahalladagi 50 foiz xonadonlarning tomorqasida eksportbop mahsulot yetiştirişni yölga qöyib bergan usta dehqonlarga 100 million sömgaça subsidiya ajratiş.

Hududiy mehnat organi "mahalla yettiligi" tomonidan ötkazilgan xatlov natijalariga köra aniqlangan usta dehqonlar bilan mahallaning 50 foiz xonadonlari tomorqasida eksportbop mahsulot yetiştirişni yölga qöyişni örganib çiqadi.

Vazirlik ön iş kunida takliflarni örganib, mahallaning 50 foiz xonadoni tomorqasida eksportbop mahsulot yetiştirişni yölga qöyadigan usta dehqonlarni tanlaydi.

Hududiy mehnat organi bir iş kunida subsidiyani "Onlayn mahalla" elektron platformasidagi usta dehqonlarning bank kartalariga ötkazib beradi.