Dehqon (fermer) xöjaliklari va tomorqa uçastkalaridagi böş yer maydonlari töğrisidagi ma’lumot «Onlayn Mahalla» platformasida onlayn rejimda şakllantiriladi. 2025 yil 1 iyunga qadar aholi tomorqalarining yer maydonlari töliq xatlovdan ötkazilişi yakunlanadi va ularning hisobi yuritiladi.

Namunali mahallalar joylaşadigan tuman (şahar)lardagi tomorqa uçastkalari va ijaraga berilgan yer maydonlarining 75 foizi bosqiçma-bosqiç bir xil turdagi yuqori daromadli mahsulotlar yetiştiriş uçun ötkaziladi. Ekin va mahsulotlarni yetiştiriş reja-grafigi joriy yilning 10 apreliga qadar tasdiqlanadi.

Muvaffaqiyatli tadbirkorlar yuqori daromadli, sifatli uruğ va köçatlarni yetkazib beriş, ekiş va ijara asosida ajratilgan har bir yer uçastkasidan samarali foydalanişni taşkil etadilar.

Joriy yilning may oyiga qadar mahallalarda amalga oşiriladigan «yaşil» va resurs tejamkor loyihalarning manzilli röyxati tasdiqlanadi.

Tomorqa uçastkalarida şuningdek yengil konstruksiyali issiqxonalar, intensiv boğlar, tokzorlar, anorzorlar, gulçilik va köçatçilik plantatsiyalarini yaratiş, yuqori rentabelli va eksportbop qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş rejalaştirilgan.