Donald Tramp Vladimir Putinga bergan 50 kunlik muhlat nega qisqartirildi? Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturi eksperti Şuhrat Rasulning fikriça, bu – AQŞ Yevropa Ittifoqi bilan energotovarlar böyiça kelişuvga erişgani bilan boğliq. Alouddin Komilov esa Xitoyning Rossiyani oçiq qöllab-quvvatlagan bayonoti Trampga turtki bergan deb hisoblamoqda.
— Trampning 50 kunlik muddatni qisqartirişiga qaysi omillar sabab böldi?
Şuhrat Rasul: Agarda Rossiya Trampning şartlariga amal qilmasa, qöllaydigan ta’sir çoralari siyosiy, iqtisodiy va harbiy yönalişlarda bölişi kerak edi. Aynan iqtisodiy tomoniga e’tibor qaratsak, Tramp talqiniga köra Hindiston, Xitoy, Turkiya va Braziliya kabi davlatlar qisqa vaqt içida Rossiyadan boşqa muqobil bozor topişi masalasi bor edi. Lekin endi muddat 50 kun emas, 10 kun deb belgilandi.
Fikrimça, Tramp bilan Yevropa Ittifoqining kelişuvi bunga dastak bölgan bölişi mumkin. Çunki kelişuvning eng asosiy yönalişi – Yevropa Ittifoqiga Amerika Qöşma Ştatlarining energetik mahsulotlarini sotilişini ta’minlaş edi va bu kelişuv yuz berdi. Kelişuvlardagi eng asosiy yönalişlardan biri – uç yil mobaynida Yevropa Ittifoqi AQŞdan har yili 250 milliard dollarlik neft mahsulotlari va suyultirilgan gaz sotib oliş majburiyatini olyapti. Yevropa 3 yil davomida jami 750 milliard dollarlik AQŞ energiya mahsulotlarini (neft mahsulotlari, suyultirilgan gaz, yadro yoqilğisi) sotib olişni va’da qildi. Ammo bu raqamlar majburiy eksport yoki haqiqatda bölgan savdoga asoslangan emas, balki siyosiy deklaratsiya hisoblanadi, aniq şartnoma yoki kontrakt emas.
Agarda mana şu kelişuvlar real amalga oşsa, an’anaviy Rossiyaga boğliq bölgan energetika çanqoqligi AQŞ tomonidan qondiriladi. Tramp şuning uçun ham ultimatum kunlarini 10-12 kunga qisqartirgan bölişi mumkin. Şuningdek, Xitoyning reaksiyasi ham hisobga olingandek göyo, çunki prezident Tramp “Xitoy Eron neftini sotib olsa ham böladi” degan edi.
Nazarimda, mana şunday bayonotlar va Yevropa Ittifoqi bilan kelişuv ultimatumning muddatini qisqartirişga asosiy turtki böldi deb hisoblayman.
Alouddin Komilov: Mening fikrimça, Yevropa Ittifoqi raisi Ursula fon der Lyayyen va Xitoy Taşqi işlar vaziri Vang I örtasida bölgan suhbatdan köp narsa ma’lum böldi. 4 soat davom etgan muzokaralar çoğida Xitoy taşqi işlar vaziri Rossiyaning mağlubiyatiga yöl qöymasligini aytgan edi. Aslida bu yopiq aytilgan gaplar bölişiga qaramasdan, Yevropaning ba’zi bir medialarida e’lon qilindi.












