Oliy ta’lim bilan hamkorlik

Turonbankda yoşlar salohiyatini oşiriş maqsadida oliy ta’lim muassasalari bilan çuqur hamkorlik örnatilgan. Masalan, III va IV bosqiç talabalari orasidan maxsus test sinovlari hamda suhbatlar asosida nomzodlar tanlab olinib, amaliyotga jalb etiladi. “Turonbank stipendiyasi” eksklyuziv loyihasi doirasida esa oliy ta’lim muassasalariga yuqori ball bilan qabul qilingan iqtidorli yoşlar tanlab olinib, ularga stipendiya ajratilmoqda. Şuningdek, talaba-yoşlar uçun oliy öquv yurtlarida maxsus eksperimental baza sifatida “Smart öquv xonalar” taşkil qilindi.

Intellektual salohiyatni oşiriş maqsadida bank “Zakovat” intellektual öyinlari ötkazilişini an’anaga aylantirdi, bu esa yoşlarning mantiqiy fikrlaş qobiliyatlarini rivojlantiradi. Mazkur öyinlar turli bosqiçlarda taşkil qilinadi va ğoliblarga qimmatbaho sovğalar hamda pul mukofotlari taqdim etiladi.

Soğlom tanda-soğ aql!

Yoşlar orasida jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor qaratiladi, 2024 yil davomida ötkazilgan sport musobaqalarida, xususan, stol-tennisi böyiça 60 nafar, şaxmat-şaşka öyinlarida 55 nafar, suzişda 60 nafar, futbolda esa 200 nafarga yaqin xodim iştirok etdi.

Bundan taşqari, Turonbank mamlakatimizda şaxmatning yanada rivojlanişiga hissa qöşiş maqsadida Markaziy Osiyoda eng yoş xalqaro grossmeyster sifatida tanilgan, 44-şaxmat olimpiadasi ğolibi va “Özbekiston iftixori” medali sohibi Jahongir Vohidov bilan hamkorlikni yölga qöygan va Jahongir Vohidov Turonbank brendining rasmiy elçisi sifatida faoliyat yuritadi.

Turonbank Özbekistonda savat fransuz boksi sport turini ommalaştirişga ham alohida e’tiborini qaratgan. Bank Boşqaruvi Raisi Çori Mirzayev Özbekiston “Savat” fransuz boksi assotsiatsiyasi prezidenti hamdir.

Yurtimizda mazkur sport turini ommalaştiriş, yoşlarni uşbu sport turiga qiziqtiriş maqsadida joylardagi foydalanilmayotgan va böş turgan maydonlar ta’mirlanib yopiq sportzallar taşkil etilmoqda. Hozirgi kunda mazkur sport turi bilan 1300 dan ziyod yoşlar şuğullanmoqda.