12:45 / 15.03.2024
4770

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 4 kun ishlamaydi

21–24 mart kunlari my.gov.uz portali server qurilmalarini ko‘chirish bilan bog‘liq texnik ishlar amalga oshiriladi.

My.gov.uz portali faoliyati 4 kunga cheklanadi. Bu haqda portalning rasmiy kanalida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, 21–24 mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga ko‘chirish bo‘yicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan my.gov.uz portali va uning xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan barcha modullar, xususan, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan dxa.gov.uz axborot tizimi faoliyati cheklanadi.

Fuqarolar qo‘shimcha savollar yuzasidan 1242 raqamiga murojaat qilishlari mumkinligi aytildi.

Mavzuga oid
Top