Bundan 86 yil oldin, 1938 yil mart oyi örtalarida Özbekistonning birinçi rahbarlaridan bölgan Akmal Ikromov (kompartiya rahbari) va Fayzulla Xöjayev (hukumat rahbari) davlatga xiyonatda ayblanib otib taşlangan edi. Kun.uz avvalroq Fayzulla Xöjayev haqida material tayyorlagan, bugun esa Akmal Ikromov haqida ma’lumot berib ötadi.
1937-1938 yillarda SSSRda keyinçalik “katta terror” deb nomlangan keng kölamli qatağon operatsiyasi amalga oşiriladi. “Xalqlar qotili” Stalinning bu şafqatsiz kampaniyasi sabab turli böhton va tuhmatlar bilan 2 millionga yaqin odam hibsga olinadi, 700 mingdan oşiq kişi otib taşlanadi.
Ittifoq böylab qatağon qilinuvçi insonlar röyxatini Içki işlar xalq komissarligi, ya’ni NKVDning maxsus uçligi şakllantirgan. Troyka tarkibiga respublikalardagi içki işlar xalq komissari, prokurori va kommunistik partiya birinçi kotibi kirgan. Şunga köra, Özbekiston SSR troykasida kompartiya rahbari sifatida Akmal Ikromov ham örin olgan va yuzlab insonlarning qatağon qilinişiga bevosita jalb etilgan.
Akmal Ikromov 1898 yilda Toşkentning Öqçi mahallasida, maktabdor oilasida tuğilgan. 14 kişidan iborat katta oilada köp moddiy qiyinçiliklar bölganiga qaramay, otasi Ikrom domlaning maktabida yaxşi ta’lim olişga erişgan. Fors va arab tillarini puxta örganib, şarq mumtoz adabiyoti bilan yaqindan tanişgan. 19 yoşligida bölajak siyosatçining onasi, keyinroq esa otasi ham oğir kasallik tufayli vafot etadi.
Akmal Ikromov yoşligida qurilişda işlagan vaqti rus işçilari bilan tanişib, ularning sotsialistik ğoyalariga qiziqa boşlagan. 1917 yilda Toşkentdagi pedagogika kurslarida öqiy boşlagan paytdan e’tiboran bolşeviklar bilan yaqin aloqalar örnatgan, 1918 yilda kommunistik partiyaga a’zo bölgan. Faoliyatining boşida Namangan, Farğona va Sirdaryoda turli lavozimlarda işlaydi va 1921 yilga kelib, 23 yoşida Turkiston Kommunistik partiyasi Markaziy komitetining mas’ul kotibi etib tayinlanadi.
Ikromov 1922-1924 yillarda Moskvada Sverdlov nomidagi kommunistik universitetda ta’lim olgan va kommunizm ğoyasiga sodiq qolgan. U Stalinning avtonomlaştiriş ğoyasiga, ya’ni ittifoqqa a’zo respublikalarni yuridik jihatdan ham Rossiyaga töliq qöşib yuborişga qarşi çiqqan va öz fikrlarini oçiq-oydin bildirişdan qörqmagan. Moskvada öqigan yillari uning siyosiy faoliyatiga katta ta’sir qilgan. 1924 yilda milliy çegaralar belgilanganidan keyin Toşkent viloyati kompartiyasi, keyinçalik respublika kompartiyasi kotibi sifatida işlagan. 1929 yilga kelib, Özbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Kommunistik partiyasi markaziy komitetining birinçi kotibi etib tayinlanadi.
















