Saharlikda sutli mahsulotlar va don mahsulotlaridan tayyorlangan ovqatlarni iste’mol qiliş tavsiya etiladi. Çunki ular kun davomida qorinni töq tutadi. Iftorlikda xurmo yoki nişolda bilan oğizni oçiş maqsadga muvofiq. “Bu mahsulotlar uglevodga boy bölgani uçun oç qorinni biroz bölsa-da töydiradi, çarçoq va boşdagi oğriq kamayadi”, – deydi nutritsiolog Guli Şayxova.
Röza tutuvçilar saharlikda qanday mahsulotlar bilan oğizni yopib, iftorlikni qanday boşlaşlari haqida nutritsiolog, tibbiyot fanlari doktori, professor Guli Şayxova tavsiyalarini berdi. Nutritsiolog röza töğri tutilsa, immunitetni yaxşilaşi, tanani ortiqça zaharlardan va hatto ortiqça vazndan xalos qilişga yordam berişini aytadi.
Mutaxassis biror kasallik uçun dori içadigan kişilar avvalo dorilarini içib olib, 10-15 daqiqadan keyin saharlikni boşlaşlarini tavsiya qildi.
“Ovqatlanişda sutli mahsulotlar: tvorogga smetana, asal yoki şakar qöşib iste’mol qiliş kerak. Bunda tvorog kamida 50 gramm atrofida bölişi kerak. Bundan taşqari, sutli bötqalar, guruç, greçka kabi don mahsulotlari ham muhim. Çunki don mahsulotlari uzoq vaqtda hazm böladi, ya’ni tez hazm bölib tanadan çiqib ketmaydi va natijada qorin töq turadi. Saharlikka issiq ovqat bölsa, yana ham yaxşi. Greçka bilan kotletlar pişiriş mumkin, suvda yoki peçda tovuq, baliq mahsulotlarini ham pişirib iste’mol qilsa böladi”, – deydi u.
Nutritsiolog ratsiondagi ovqatlarni almaştirib turiş kerakligini, bir kun göşt yeyilsa, keyin tovuq yoki baliq mahsulotlarini yeyiş tana uçun yaxşiligini aytadi. “Nonga surib yeyiş uçun yonğoq, mayiz va asalni aralaştirib bankaga solib qöyib, sariyoğ bilan nonga surib yeyilsa, kuçli taom böladi bu ham. Agar bu bölmasa, non bilan sariyoğ, pişloq yoki suvda pişirilgan göşt yeyiş mumkin, bularning bari oqsilli mahsulotlar, qorinni töq tutadi”, – deydi Şayxova.
Mutaxassis, şuningdek, suv va meva şarbatlarini içiş tartibi haqida ham ma’lumot berdi. “Ertalab turganda bir piyola töldirib filtrlangan yoki qaynagan, 30-40 gradusdagi suv içiş lozim. Kuniga 1,5-2 litr suv içiş tavsiya qilinadi, şuning 1 litrini ertalab saharlikda, qolganini esa iftorlikda içiş kerak. Bundan taşqari, meva şarbatlari içiş mumkin. Bir-bir yarim piyoladan köp çoy içmagan ma’qul, çunki çoy bilan peşob orqali zararli moddalar bilan birga ozuqaviy kerakli moddalar ham çiqib ketadi”, – deb qöşimça qildi mutaxassis.
Iftorlikda oddiy suv yoki oşqozonida kasali bölmaganlarga limon qöşilgan suv içiş ham tavsiya etiladi. Şundan keyin 2ta xurmo yoki bir qoşiq nişolda bölişi lozim.
“Çunki bu mahsulotlar oç qorinni biroz bölsa-da töydiradi, çarçoq va boşdagi oğriq kamayadi, çunki ular uglevodga boy mahsulotlar”, – deydi Şayxova.
Oğizni oçgandan keyin donli mahsulotlar, kartoşka, sabzi, maydaroq töğralgan göşt solingan suyuq ovqat (kökatlar qöşilgan holatda) iste’mol qiliş tavsiya etiladi. Keyin sabzavotli, kökatli salatlarga ötiladi, çunki bu qabziyatning oldini oladi, organizm ulardan kerakli moddalarni oladi. Bunda karamli, lavlagili salatlarga yaxşi hazm bölişi uçun ozgina zaytun yoği qöşilsa, maqsadga muvofiq böladi.
“Ovqatlar bilan taxminan 100 gr non ham iste’mol qiliş kerak, albatta. Agar ikkinçi ovqatga ötilsa, kamroq bölişi kerak. Somsa bölsa, bitta somsa, manti bölsa, bitta manti yetarli böladi. Bu ovqatlar, albatta, kökat, sabzavotlar bilan birga iste’mol qilinişi lozim — şunga ahamiyat beriş kerak. Ovqatlanib bölib biroz vaqt ötgaç, olma, banan, nok, mandarin kabi mevalar iste’mol qiliş kerak. Umuman, uyda nima bor bölsa, şunga qarab böladi. Soğlom insonlar yotiş oldidan bir piyola qatiq içib yotişsa, ovqat hazm bölişiga yordam beradi, oşqozon mikroflorasini yaxşilaydi va inson yaxşi uxlaydi”, – deb öz tavsiyalarini yakunladi nutritsiolog.











