AQŞ prezidenti Donald Tramp Amerika musulmon jamiyati a’zolari va bir qança musulmon davlatlari diplomatlari uçun iftorlik uyuştirdi.
Davlat rahbari tadbirdagi nutqini «Ramazon oyi muborak» degan tilak bilan boşladi. Amerika yetakçisi 2024 yil noyabrida bölib ötgan prezidentlik saylovida Qöşma Ştatlardagi musulmonlar unga körsatgan qöllab-quvvatlaşdan ğoyat mamnun ekanini ta’kidladi.
«2024 yilgi prezidentlik saylovida rekord darajada qöllab-quvvatlagan yuz minglab musulmon amerikaliklarga alohida minnatdorçilik bildirmoqçiman. Bu aql bovar qilmas voqea böldi», dedi u.
Tramp tadbirda Saudiya Arabistoni, Misr, BAA, Qatar, Livan, Pokiston va boşqa davlat vakillari iştirok etayotganini aytdi va Oq uy ma’muriyati musulmon jamiyatiga bergan va’dalarini bajarayotganiga işontirdi.
«Biz Yaqin Şarqda uzoq muddatli tinçlik örnatiş böyiça uzluksiz diplomatik iş olib bormoqdamiz, bunda tarixiy Ibrohim kelişuviga tayanmoqdamiz», dedi u.
Amerika rahbari yanada yorqin va umidli kelajakka erişiş uçun musulmonlar bilan hamkorlik qilişni intiqlik bilan kutayotganini qöşimça qildi.












