Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uyg‘ongandan keyin ikki soat ichida nonushta qilish foydali ekani aniqlandi
Kech nonushta qilish sog‘liqning yomonlashishi va umr ko‘rish davomiyligining qisqarishi bilan bog‘liq. Yaqinda olimlar aynan shunday xulosaga keldi.
Foto: Getty images
Olimlar uzoqroq umr ko‘rish uchun uyg‘ongandan keyin ikki soat davomida nonushta qilish kerakligini aniqladi.
Yangi tadqiqotda Buyuk Britaniyadan 2945 nafar keksa kishi ishtirok etdi. Ulardan kechroq nonushta qilganlarida bevaqt o‘lim xavfi yuqori bo‘lgan. Har bir kechiktirilgan soat bu xavfni 8-11 foizga oshirdi.
Shu bilan birga, ertalabki ovqatlanish vaqti va odamlarning umr ko‘rish davomiyligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunish uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish kerak.
Ovqatlanish bo‘yicha ko‘plab mutaxassislar, shunga qaramay, ertalab uyg‘ongandan keyin bir-ikki soat ichida nonushta qilishni maslahat beradi.
Bu ko‘pchilikka sog‘lom ovqatlanishga va metabolik muvozanatni yaxshilashga yordamlashadi. Bunday ovqatlanish qondagi glyukoza darajasini barqarorlashtiradi, metabolizmni faollashtiradi, ovqatlanishni sirkad ritmga moslashtirishga yordam beradi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, erta nonushta qondagi qand miqdorini yaxshilaydi va ovqatdan keyin glyukagonga o‘xshash peptid-1 (GPP-1) reaksiyasini kuchaytiradi.
Mavzuga oid
21:42 / 28.04.2026
50 yoshdan oshganlar uyqusini tartibga solish bo‘yicha 6 ta foydali maslahat
15:59 / 24.04.2026
“Bu preparatlar aslida yog‘ni eritmaydi”: arzon ozishning qimmat badali va ochiq qolayotgan javobgarlik masalasi
19:33 / 29.03.2026
Tibbiyot xodimlariga imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi
22:11 / 22.03.2026