Saudi Aramco rahbari yashil energetikaga o‘tish xayolidan voz kechishga chaqirdi
Uning ta’kidlashicha, qazib olinadigan yoqilg‘iga bo‘lgan talab yaqin yillarda faqat o‘sib boradi.

Foto: Getty Images
Hozirgi «yashil energetika»ga o‘tish strategiyasi hayotiy qiyinchiliklar tufayli amalda muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda. Bu haqda Saudiya Arabistonining Saudi Aramco kompaniyasi bosh direktori Amin Nosir ma’lum qildi.
Neft giganti rahbarining ta’kidlashicha, qazib olinadigan yoqilg‘iga bo‘lgan talab yaqin yillarda faqat o‘sib boradi.
«Mening taklifim shundan iboratki, biz neft va gazdan bosqichma-bosqich voz kechish haqidagi xayoldan voz kechishimiz va o‘rniga ularga sarmoya kiritishimiz kerak», dedi Nosir Qo‘shma Shtatlarning Hyuston shahridagi CERAWeek energetika konferensiyasida.
Saudi Aramco bosh direktori so‘nggi 20 yil ichida energiya almashinuviga 9,5 trillion dollardan ortiq sarmoya kiritilganiga qaramay, muqobil energiya manbalari uglevodorodlar o‘rnini bosa olmayotganini ta’kidladi. Shamol va quyosh energiyasi hozir jami energiyaning atigi 4 foizini tashkil qiladi, elektromobillar ulushi esa 3 foizdan oshmaydi, deb tushuntirdi u. Shu bilan birga, XXI asr boshidan beri neftga bo‘lgan global talab kuniga 100 million barrelga oshdi, deb qo‘shimcha qildi Nosir.
Shuningdek, u talab dinamikasiga dunyo aholisining 85 foizini tashkil etuvchi, biroq qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirishga yo‘naltirilgan barcha investitsiyalarning atigi 5 foizini oladigan rivojlanayotgan mamlakatlar ta’sir qilishini eslatdi. Kompaniya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, asosiy e’tiborni neft va gazdan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, ulardan atmosferaga chiqadigan chiqindilarni kamaytirishga qaratish zarur.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Til masalasi yana kun tartibida – jamoatchilik faollari nima deydi?
O‘zbekiston | 19:29
-
“Har qanday loyihani, albatta, ekologik ekspertizadan o‘tkazamiz” – ekologiya vaziri AES haqida
O‘zbekiston | 19:01
-
Foto: Samarqanddagi xalqaro tadbirlar qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 18:50
-
Yaponiyada tog‘larga chiqa oladigan robot-ot taqdim etildi
Fan-texnika | 18:24
Mavzuga oid

15:24
Brent nefti narxi 2021 yildan beri eng past darajaga tushdi

13:36 / 04.04.2025
Qozog‘iston Germaniyaga neft yetkazib berish hajmini oshiryapti

13:32 / 04.04.2025
OPEK+ mamlakatlari neft qazib olish hajmi rekord darajada oshishini e’lon qildi

20:44 / 01.04.2025