Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda salkam yarim mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
Sergeli tumanida 480,7 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan GTF xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro J.K. va boshqalar “Bobur” MFY hududidagi uyda tijorat maqsadida tashkil etilgan issiqxonada temir truba va rezina shlanglar yordamida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib jami 320,4 ming metr kub tabiiy gazni o‘g‘irlab, davlat va jamiyat manfaatlariga 480,7 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026
“Kommersant”: Rossiya Armanistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin
20:10 / 15.05.2026