Xarkivga raketa zarbasi va frontdagi kapellan. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 756-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Belgorod oblastining Grayvoron shahri o‘qqa tutilishi oqibatida mahalliy aholi vakillaridan ikki kishi halok bo‘ldi.
- Rossiya qo‘shini Xarkivdagi korxonaga zarba berdi. Qurbonlar va yaralanganlar bor.
- Belgorod Vampire baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan o‘qqa tutildi. Bir kishi halok bo‘lib, ikki kishi yaralandi.
- Dronlar Engels shahriga hujum uyushtirdi. U yerda RF qurolli kuchlari aviatsiyasining strategik bazasi joylashgan.
- Belgorod oblastidagi yettita aholi yashash manzillariga kirish joylariga blokpostlar o‘rnatildi.
- Ukraina TIV rahbari Dmitro Kuleba Makron qo‘shin yuborish haqida gapirganda faqat harbiylarni tayyorlash uchun instruktorlarni nazarda tutganini aytdi.
- Pentagon rahbari Lloyd Ostin Ukraina yashab olishi xavf ostida ekani, bu AQSh xavfsizligi uchun ham tahdid hisoblanishini aytdi.
- Fransiyada sud ilk bor safarbarlikdan qochgan rossiyalikka boshpana berdi.
Xarkiv o‘qqa tutilishi
Rossiya qo‘shini 20 mart kuni Xarkiv bo‘ylab X-59 raketalari bilan hujum qildi. Xarkiv oblasti rahbari Oleg Sinegubov besh kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan.
Baxmut atrofidagi ukrain minomyotchilari
Ukrainalik harbiylar Rossiya qo‘shini qariyb bir yil muqaddam egallab olgan Baxmut atrofida mudofaani ushlab turibdi. Ukraina qurolli kuchlari so‘nggi oylarda o‘q-dori taqchilligiga uchradi — g‘arbdagi ittifoqchilar ularni yetkazib berish bo‘yicha va’dalarini o‘z vaqtida bajara olmadi. Rossiya qo‘shini snaryadlar miqdori borasida ancha ustunligiga qaramay, ukrainalik harbiylar RF qo‘shini yurishini to‘xtatib turishda davom etmoqda.
Ukraina qurolli kuchlarining Kupyansk atrofidagi boshpanasida kapellan
Ukraina qurolli kuchlari saflarida turli diniy konfessiyalarga mansub bo‘lgan o‘nlab harbiy kapellanlar xizmat qilmoqda. Ulardan biri — Pavel Fedosov — harbiy ruhoniylarning missiyasini shunday tavsiflaydi: «Ular ishonchli yelka vazifasini o‘taydi. Axir harbiy xizmatchi samarador bo‘lishi uchun nafaqat o‘z qurol-aslahasiga ishonchi komil bo‘lishi, balki uni dushman olovidan asraydigan yashirin kuch — Xudo tomonidan himoyalanganini bilishi kerak. Aslida, kapellan — askarlarning oliy kuchlar tomonidan himoyalanganligiga ishonchidir».
Mavzuga oid
13:12
Kursk oblastida yashovchi 46 kishi Ukrainadan qaytib keldi
11:31
AFP: Ukraina Kursk oblastidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
07:54
Ukraina Jahon bankidan deyarli 5 mlrd dollar oladi
20:12 / 22.11.2024