Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada musulmonlarga Ramazon hayiti namozini uyda o‘qish tavsiya qilindi - OAV
Cheklovlar «Krokus Siti Xoll»dagi terakt bilan bog‘liqligi aytilmoqda.
Rossiya poytaxti Moskva shahri ma’muriyati musulmonlarga Ramazon oyi tugaganidan so‘ng, «bayram namozini uyda o‘qishni» tavsiya qildi, deb xabar berdi «Ostorojno, novosti». Manba Moskva shahri milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar departamenti hujjatiga tayanmoqda.
Departament poytaxt prefektlariga maktub yo‘llab, musulmonlarni Moskvada amal qilayotgan cheklovlar haqida ogohlantirishni so‘ragan.
Musulmonlarga, shu jumladan, ish beruvchilar orqali, ibodat onlayn translatsiya qilinishi haqida xabar berish, bunda Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarga alohida e’tibor qaratish so‘ralgan. Departament vakili cheklovlarni «Krokus Siti Xoll»dagi terakt bilan bog‘liqligini aytgan.
Rossiyada Ramazon hayiti 10 aprelga to‘g‘ri kelishi taxmin qilinmoqda. Aniq sana hali rasman e’lon qilinmagan.
Mavzuga oid
09:13 / 11.07.2026
Moskva ilk marta yoqilg‘i inqirozining haqiqiy sababini ochiqladi
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
09:20 / 04.07.2026
Moskva harbiy sudi Simonyanga suiqasd ishi bo‘yicha hukm chiqardi
08:51 / 19.06.2026