Jahon | 09:45 / 04.04.2024
3414
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Parij Ukraina bo‘yicha Rossiya bilan muloqotga tayyorligini ko‘rsatmadi

Reuters va AFP agentliklarining Fransiya hukumatidagi manbalari Moskvaning Fransiya Mudofaa vazirligi rahbari Shoygu bilan suhbatda Ukraina bo‘yicha muloqotga tayyorligini bildirgani haqidagi bayonotini rad etmoqda. 

Sebastyan Lekornyu Foto: LUDOVIC MARIN/AFP

Fransiya va Rossiya mudofaa vazirlari Sebastyan Lekornyu va Sergey Shoygu o‘rtasidagi telefon suhbatida fransuz tomoni, Moskva da’vo qilganidek, Ukraina bo‘yicha muloqot o‘tkazishga tayyorligini namoyish etmadi. Bu haqda 4 aprel, payshanbaga o‘tar kechasi Reuters va AFP axborot agentliklari Fransiya hukumatidagi manba so‘zlariga tayanib xabar berdi

Shu tariqa, Parij Rossiya mudofaa vazirligining 3 aprel kuni ikki vazir o‘rtasidagi suhbatdan so‘ng bildirgan xabarini rad etdi. Unda, xususan, quyidagilar aytilgan: «Ukraina bo‘yicha muloqotga tayyorlik qayd etildi. Boshlanish nuqtalari «Istanbul tinchlik tashabbusi»ga asoslanishi mumkin. Jyenevada Rossiya ishtirokisiz uchrashuv o‘tkazish ma’nosizdir». 

«Bu haqiqat emas», - dedi Reuters manbasi Rossiya Mudofaa vazirligining ushbu bayonotiga izoh berib. Agentlik suhbatdoshi so‘zlariga ko‘ra, Fransiya tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida terrorchilik tahdidining kuchayishi muhokama qilingan.

«Fransiya mojaro bilan bog‘liq holda hech narsani qabul qilmadi yoki taklif qilmadi», deya AFP o‘z axborot manbasidan iqtibos keltirgan.

Terrorizm tahdidining kuchayishi muhokama qilindi 

Avvalroq Fransiyaning TF1 telekanali Lekornyu va Shoygu o‘rtasidagi suhbatni yoritib, «muloqot dastlabki mavzusi terrorizmga qarshi kurash bo‘lganini» xabar qilgan edi. Shu bilan birga, Lekornyu «Krokus Siti Xoll» konsert zalidagi teraktni keskin qoraladi va Parijda Ukrainaning teraktga aloqadorligini ko‘rsatadigan hech qanday ma’lumot yo‘qligiga ishontirdi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid