Rossiya g‘arb davlatlari tomonidan «terrorizmni moliyalashtirish» bo‘yicha tergov boshladi
Tergov qo‘mitasining da’vo qilishicha, Rossiya va boshqa mamlakatlarda teraktlar uyushtirish uchun sarflangan pullar Ukraina orqali g‘arb davlatlaridan kelgan. Xususan, AQSh prezidentining o‘g‘li ishlagan kompaniya tilga olingan.

Foto: RIA Novosti
Rossiya g‘arb davlatlari aloqador deb da’vo qilayotgan «terrorizmni moliyalashtirish» bo‘yicha tergov boshladi. Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining 9 aprel, seshanba kuni ma’lum qilishicha, gap Ukrainadagi kompaniyalardan Rossiya va xorijda «terrorchilik hujumlarini amalga oshirish» uchun foydalanilgani taxmin qilingan mablag‘lar haqida ketmoqda.
Departament hisobotida aytilishicha, terrorchilik harakatlarini amalga oshirish uchun sarflangan pullar so‘nggi yillarda, xususan, AQSh prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Xanter Bayden avvalroq kuzatuv kengashi a’zosi bo‘lgan Ukrainaning Burisma neft-gaz kompaniyasi orqali olingan.
Tergov qo‘mitasi bir necha million dollar miqdoridagi mablag‘larning «olish manbalari va keyingi harakati» hamda bunga «g‘arb davlatlari amaldorlari, jamoat va tijorat tashkilotlaridan aniq shaxslar» aloqadorligini tekshirayotganini bildirdi. Tergov organlari «terror xurujlarining bevosita ijrochilari xorijiy kuratorlar, tashkilotchilar va homiylar bilan aloqalarini tekshirmoqda», deyiladi xabarda.
Rossiya «Krokus» teraktida g‘arbni ayblayapti
Moskva 22 mart kuni Moskva viloyatidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida 144 kishining hayotiga zomin bo‘lgan teraktda g‘arb va Ukrainani ayblamoqda. Hujum uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi. AQSh rasmiylarining aytishicha, ular Moskvani yaqinlashib kelayotgan hujum haqida oldindan ogohlantirgan. Moskva bu ogohlantirishlarni provokatsiya deb atadi.
AQShda muxolifatdagi Respublikachilar partiyasi vakillari prezidentlik saylovlari arafasida ikkinchi muddatga saylanayotgan prezident Jo Baydenni avvalroq o‘g‘liga Ukrainadagi biznes bitimlarida yordam berganlikda ayblamoqda.
Fevral oyida AQShda Federal tergov byurosining sobiq axborotchisi Aleksandr Smirnov Jo va Xanter Baydenga qarshi yolg‘on ko‘rsatma berganlikda ayblanib, hibsga olingan edi. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Smirnov Rossiya razvedkasi bilan hamkorlik qilganini, xususan, undan Baydenlar haqida yolg‘on ma’lumot olganini tan olgan.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Italiya atom energiyasi sohasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 16:09
-
AQShning G‘azo bo‘yicha sulhi: Isroil qabul qildi, Hamas ko‘rib chiqmoqda. Tafsilotlar
Jahon | 16:07
-
“Beton, g‘isht quyish ham qo‘limdan keladi” – rishtonlik suvoqchi qiz hikoyasi
Jamiyat | 15:21
-
Rossiya Mudofaa vazirligi urushda shikastlangan texnikalarni metallolom uchun sotmoqda
Jahon | 15:14
Mavzuga oid

15:14
Rossiya Mudofaa vazirligi urushda shikastlangan texnikalarni metallolom uchun sotmoqda

14:11
Bloomberg: Xitoy Rossiyaga dron yetkazib berishni ko‘paytirdi

13:46
AQSh Rossiya bilan Yevropa uzra havo jangi ssenariylarini o‘rganmoqda

12:31