Berbok bundestagni Ukrainaga yordamni kuchaytirishga chaqirdi
Germaniyani birlashtirish chog‘ida qo‘shni davlatlar qo‘llab-quvvatlaganidek, endi Germaniya Ukrainaga va Sharqiy Yevropaning boshqa mamlakatlariga yordam berishi kerak, deydi Annalena Berbok. U Kiyevga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berish hajmini oshirishga intilmoqda.
Rossiyaning siyosati tahdidi ostida Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok xavfsizlik, jumladan, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha budjet mablag‘larini ajratishga chaqirdi. 10 aprel, chorshanba kuni bundestagda Berbok: «Biz mutlaqo jiddiy holatdamiz» dedi.
«Yevropa xavfsizligi - bizning xavfsizligimiz», dedi u hamda agar «Rossiyaning Ukrainadagi harbiy kampaniyasini to‘xtatib bo‘lmasa», u Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlari ostonasida paydo bo‘lishi haqida ogohlantirdi. «Agar Ukraina o‘zini himoya qilishni to‘xtatsa, bu urush emas, Ukrainaning mavjudligi tugaydi. Urush esa boshqa davlatlarga hujumlar bilan davom etadi», - dedi Germaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari.
«Trevoga signali yangraganda, 45 gacha sanang»
Berbok deputatlar oldidagi nutqida Xarkivdagi o‘z tajribasiga to‘xtalib o‘tdi: «Men u yerda o‘zim ham bo‘lganman, ular menga: signal chalinganda, 45 ga qadar sanang. Agar tirik qolsangiz, hammasi joyida bo‘ladi, deyishdi. Agar biz u yerda qo‘shimcha havo mudofaasini ta’minlashni davom ettirmasak, odamlar uchun «xavfsizlik choralari» shunday bo‘lib qoladi».
Shu munosabat bilan Berbok Kiyevga havo hujumidan mudofaa tizimlarini ko‘proq taqdim etishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya endi ularni o‘z zaxirasidan yetkazib bera olmagani uchun butun dunyo bo‘ylab tegishli imkoniyatlar qidirilmoqda.
Ukrainaga Rossiyaga qarshi kurashda yordam ko‘rsatish zarurligi haqida gapirar ekan, nemis vaziri hozirgi vaziyatni Germaniyani birlashtirish jarayonidagi xalqaro ko‘mak bilan qiyosladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap «nafaqat Ukrainani qo‘llab-quvvatlash haqida», balki Yevropada omon qolish kafolatlari haqida, «bizga kerak bo‘lganda - Germaniyani birlashtirish paytida yonimizda bo‘lgan Sharqiy Yevropa qo‘shnilarimizni qo‘llab-quvvatlash haqida» ketyapti. Endi, Berbokka ko‘ra, Germaniya harakat qilishi kerak.
Mavzuga oid
07:54
Ukraina Jahon bankidan deyarli 5 mlrd dollar oladi
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024