Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda "Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari" muloqoti tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
2024 yilning 15 aprel kuni Toshkent shahrida "Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" ctrategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari – O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, kengashga a’zo davlatlar – BAA, Bahrayn, Qatar, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Ummon davlatlaridan delegatsiyalar ishtirok etishi kutilmoqda.
Yig‘ilishda 2023 yil 19 iyul kuni Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi yetakchilarining birinchi sammitida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, siyosat, xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va atrof-muhitni himoya qilish yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, 2025 yilda Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" formatidagi navbatdagi oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha fikr almashiladi.
Uchrashuv yakunida qo‘shma bayonot qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
18:47 / 18.06.2026
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda eng ko‘p ichadigan davlat bo‘lib chiqdi - tadqiqot
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
17:53 / 08.06.2026