15:41 / 14.04.2024
18661

Fermerlar zarbalar vaqtida ham ishni davom ettirmoqda, sharqiy frontda vaziyat keskinlashmoqda. Urush suratlari

Ukrainada urushning 780-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy sharqiy frontdagi vaziyat ancha keskinlashganini ma’lum qildi.
  • Germaniya Ukrainaga qo‘shimcha Patriot zenit-raketa komplekslarini yetkazib beradi.
  • Ukraina qurolli kuchlari Luganskdagi mashinasozlik zavodiga raketa zarbasi yo‘lladi. To‘qqiz kishi yaralangan.
  • Rossiya qo‘shini egallab olgan Zaporijjya AESda barcha 6 ta reaktor faoliyati to‘xtatilgan. «Bu boradagi ishlar me’yoriy hujjatlar talablari asosida muntazam ravishda olib boriladi. Xavfsiz foydalanish chegaralari va shartlarini buzish holatlari qayd etilmadi», — deb xabar bergan Rosatom.
  • Okkupatsiya ostidagi Tokmak shahrida Ukraina qurolli kuchlari zarbasi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, deb xabar bergan hududning Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati.
  • Ukraina xavafsizlik xizmati Xerson oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleksandr Prokudinning hayotiga suiqasdning oldini oldi.
  • Moskvada Ukraina xavfsizlik xizmati sobiq xodimi, bir necha yillardan beri Moskvada yashab kelayotgan Vasiliy Prozorovga tegishli bo‘lgan mashina portlatildi. Uning o‘zi jarohat olgan.
  • DeepState manbasi xabar berishicha, Rossiya qo‘shini Baxmut yaqinidagi Bogdanovka qishlog‘ini egallagan. Ukraina mudofaa vazirligi buni rad etgan.
  • AQSh Rossiyaga aloqador alyuminiy, mis va nikel importini taqiqladi.

Kun kadri. Bedarak yo‘qolgan askarlarning qarindoshlari o‘tkazgan aksiya

Harbiy harakatlar chog‘ida bedarak ketgan ukrain askarlarining (xususa, Baxmut yo‘nalishida) yaqinlari va qarindoshlari Kiyevdagi Mustaqillik maydonida qoldirgan oyoq kiyimlar
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Zaporijjyada fermer dalasiga tushgan raketa dumi

Zaporijjyadan janubda, Ukraina qurolli kuchlari va Rossiya qo‘shini o‘rtasida 2023 yil yozida shiddatli janglar kechgan Lobkove qishlog‘idan 13 kilometr masofadagi Novoyakovlevka qishlog‘ida 49 yoshli fermer «Smerch» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan otilgan raketa qoldig‘ini topdi. Katta ehtimol bilan kassetali o‘q-doriga ega bo‘lgan raketa havoda parchalanib ketgan. Uning dumi dala maydoniga tushgan. Fermerning aytishicha, hudud vaqti-vaqti bilan o‘qqa tutib turilganiga qaramay, uning traktorchilari ishni davom ettirmoqda.

Novoyakovlevka yaqinida kassetali o‘q-doriga ega 9N349 raketasining dum qismi
Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA

Oldingi chiziqqa yuborilayotgan ukrain askarlari

Ukrainaning 23-mexanizatsiyalashgan brigadasi piyodasi Avdiyivka yo‘nalishidagi front chizig‘iga ketishdan oldin
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainaning 23-mexanizatsiyalashgan brigadasi piyodalari Donetsk oblastiga ketishga tayyorlanmoqda
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainaning 23-mexanizatsiyalashgan brigadasi jangchilari front chizig‘iga borish uchun MaxxPro rusumli zirhlangan mashinaga chiqmoqda
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Ukrain askarlarining Kreminna yaqinidagi pozitsiyalari

Luhansk oblasti shimolidagi Kreminna shahridan g‘arbdagi qarag‘ayzorlardan iborat Serebryanskiy o‘rmon xo‘jaligidagi janglar 2022 yil kuzidan buyon davom etib kelmoqda. Rossiya qo‘shini 2023 yil oktyabriga qadar ulkan o‘rmonzorni egallab olishga harakat qilgandi, ammo keyin qo‘shinlarni u yerdan olib, Avdiyivkani shturm qilishga yubordi. Shundan buyon o‘rmonzor nisbatan tinch hududga aylangan. Ammo hali ham bu yerdagi ukrain mudofaachilari artilleriya zarbalari va dronlar hujumiga yo‘liqmoqda.

 

Ukrainaning Kreminna o‘rmonidagi bazasida kitob o‘qiyotgan harbiy xizmatchi
Wolfgang Schwan / Anadolu / ABACAPRESS / ddp / Vida Press
Kreminnadan g‘arbda Ukraina QK bo‘linmasi shtabi. 2024 yil 31 mart
Wolfgang Schwan / Anadolu / ABACAPRESS / ddp / Vida Press
Kreminna o‘rmonlarida maskirovka qilingan xandaq
Wolfgang Schwan / Anadolu / ABACAPRESS / ddp / Vida Press
Kreminnadan g‘arbda artilleriya ekipaji blindaji
Wolfgang Schwan / Anadolu / ABACAPRESS / ddp / Vida Press
M777 gaubitsasi uchun 155 millimetr kalibrli snaryadlarning yerosti ombori
Wolfgang Schwan / Anadolu / ABACAPRESS / ddp / Vida Press
Kreminna o‘rmonlari yaqinida M777 gaubitsasining maskirovka qilingan pozitsiyasi
Wolfgang Schwan / Anadolu / ABACAPRESS / ddp / Vida Press
Kreminna o‘rmonlari yaqinida harbiylar yasagan «haykal»
Wolfgang Schwan / Anadolu / ABACAPRESS / ddp / Vida Press

Kiyev metrosidagi bekat nomi o‘zgartirilishi

Kiyevda ko‘chalar, maydonlar va metro bekatlarini qayta nomlash ishlari davom etmoqda. «Lev Tolstoy maydoni» bekati nomi «Ukrain qahramonlari maydoni» deb o‘zgartirildi.

Oleksii Samsonov / Global Images Ukraine / Getty Images

 

Mikolayivkadagi vayrongarchiliklar

Mikolayivka qishlog‘i aholisi vakillari Rossiyaning aprel oyi boshidagi zarbalaridan shikastlangan uy oldidan o‘tmoqda. Mikolayivka Donetsk oblasti shimolidagi Slovyansk shahri yaqinida joylashgan
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Mikolayivkalik kishi deraza o‘rinlarini faner bilan yopmoqda. Bino yaqinda yo‘llangan zarbalar oqibatida jiddiy shikastlangan
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top