Özbekistonda maktablarga tegişli bölib, ötgan yillarda hokimlarning qarorlari asosida sotilib ketgan yoki noqonuniy egallab olingan yerlarni maktablarga qaytariş böyiça sud jarayonlari davom etmoqda. Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining yuridik boşqarmasi boşliği Xurşid Asrorov bu masalada Kun.uz'ga ma’lumot berdi.

Uning aytişiça, hozirga qadar 280 ta holatda respublikadagi maktab yerlarining noqonuniy olib qöyilganiga oid işlar böyiça sudga arizalar kiritilgan. Şundan 148 ta holatda maktab yerlari ta’lim muassasalari balansiga qaytarilgan, 120 tasi hanuz sud jarayonida, qolgan 12 ta da’vo esa sudlar tomonidan rad etilgan.

“Eng köp işlarimiz Andijon, Buxoro, Farğona viloyatlarida. Masala juda ham katta. [Maktablarga tegişli hududlar] olib qöyilgandan söng, u yerlarda 5 qavatli savdo markazlari kabi obektlar qurib bölingan.

Boşqa tomondan, sud jarayonlarida qatnaşib, şuni bilyapman. Aytaylik, bir tadbirkor kelyapti-da, aytyapti: hokim çaqirib, “nima kerak senga?” desa, “menda özi bir sexim bor, agar yana bitta kerak bölsa, yana işlarni köpaytiraman”, degan. “Mana senga yer”, deb maktab hududini berib yuborgan. U tadbirkorni körsangiz, oddiy odam, özining biznesidan foyda körgan puliga bino quryapti-da, yana 100 nafar odamni olib kelib, iş bilan ta’minlayapti.

[Noqonuniy yerlarni qaytarişga oid] topşiriq berilganidan keyin biz sudga murojaat qilyapmiz, hokimning qarorini bekor qilyapmiz. Hokim sudda yutqazganidan keyin tadbirkorga: “Böldi, hammasini öz hisobingdan buzib, şu yerdan çiqib ketasan”, degan talab qöyilyapti. Şunga kassatsiya instansiyagaça qatnaşdik. Jarayon juda murakkab. Lekin biz sudga berib, hokimning qarorini bekor qildirib, yerni maktabga qaytarib beryapmiz”, – dedi Asrorov Kun.uz muxbiriga.

Kun.uz maktablardan tortib olingan yerlarni ta’lim muassasalariga qaytarişga oid topşiriq ijrosiga ötgan yili ham qiziqib körgandi. Vazirlik 2023 yil may oyida bergan ma’lumotga köra, 2018-2021 yillar davomida 467 ta holatda 100 gektarga yaqin yer noqonuniy olib qöyilgan, 246 tasida yerlarni qaytariş böyiça fuqarolik va ma’muriy sudlarga da’vo arizalari kiritilgan.

Oradan salkam bir yil ötyaptiki, hozirga kelib 467 ta holatning 148 tasi ustidan uzil-kesil qaror qabul qilingan, yerlar ta’lim muassasalariga qaytarilgan, qolgan 300 dan ortiq holatda esa joylarning taqdiri noma’lumligiça qolmoqda.