Azerbaijan Airlines (AZAL) aviakompaniyasining Oqtov yaqinida halokatga uçragan samolyoti qora qutilaridan Braziliyada olingan ma’lumotlar Qozoğistondagi maxsus komissiyaga berildi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

«Transport vazirligining Havo kemasi halokatini tekşiriş komissiyasi ICAO 13 ilovasi standartlari va tavsiya etilgan amaliyotiga muvofiq, barça faktlar va materiallar batafsil örganilgandan söng, aniqlangan ma’lumotlarni taqdim etadigan dastlabki hisobotni va tergovning borişi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi», deyiladi xabarda.

Registratorlarning Qozoğistonga yetib kelgan ma’lumotlari mutaxassislar tomonidan örganilmoqda.

Avvalroq Qozoğiston Transport vazirligi aviahalokatning dastlabki sabablari 30 kun içida e’lon etilişini ma’lum qilgandi.

25 dekabr kuni Bokudan Grozniyga uçayotgan Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegişli Embraer 190 samolyoti Qozoğistonning Oqtov şahri yaqinida halokatga uçradi. Hodisada 38 kişi halok böldi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevga qönğiroq qilib, «Rossiya havo hududida yuz bergan fojiali voqea» uçun uzr söradi. Aliyevning sözlariga köra, samolyot Rossiya hududida «taşqi ta’sirga uçragan», şu tufayli Rossiya aviahalokatda «aybini tan olişi», aybdorlar jazolanişi va jinoiy javobgarlikka tortilişi kerak.

Embraer 190 samolyoti Braziliyada işlab çiqariladi. Şu tufayli tergovga uşbu mamlakat vakillari ham jalb qilingan.