Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Papua-Yangi Gvineya bosh vaziri hamyurtlarini «odamxo‘r» degan Baydenga e’tiroz bildirdi
AQSh prezidenti o‘z amakisi jasadini Yangi Gvineya odamxo‘rlari yeb qo‘ygan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan edi. Uning so‘zlari bu mamlakatda e’tirozlarga sabab bo‘ldi.
Jyeyms Marape / Foto: ABC News
Papua-Yangi Gvineya bosh vaziri Jyeyms Marape AQSh prezidenti Jo Baydenni tanqid qildi. Avvalroq, Amerika rahbari Ikkinchi jahon urushi paytida vafot etgan amakisining jasadi Yangi Gvineyada odamxo‘rlar tomonidan yeb qo‘yilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan edi.
Marape 21 aprel kuni e’lon qilingan bayonotida: «Prezident Baydenning so‘zlari taxminga asoslangan bo‘lishi mumkin, ammo mening mamlakatim bunday deb nomlanishga loyiq emas», dedi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Papua-Yangi Gvineya va Sulaymon orollarida Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan odamlarning jasadlari, samolyot va kema bo‘laklari, shuningdek, portlamay qolgan bombalar bor, ular tufayli odamlar hali ham halok bo‘lmoqda.
AQSh prezidenti Jo Bayden 17 aprel kuni 1944 yilda Yangi Gvineyadagi aviahalokatda halok bo‘lgan amakisi Ambroz Finneganni esladi. U amakisining jasadi «Yangi Gvineyaning o‘sha qismida odamxo‘rlar ko‘p bo‘lgani uchun» topilmaganini aytdi. Shu bilan birga, AQSh Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ambroz Finnegan va yana bir necha kishi samolyotning okeanga qulashi oqibatida halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:11
Xitoy AQShning 20ta kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
15:14 / 27.12.2025
Xitoy Tayvan tufayli AQShga qarshi sanksiyalar joriy qildi
14:06 / 27.12.2025
OAV: AQSh ishchilar sinfi orasida Tramp reytingi rekord darajada tushib ketdi
10:25 / 27.12.2025