Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Halokatli tornado AQSh bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi
Kun davomida Nebraska, Texas va Kanzasda kamida 25 ta tornado qayd etildi.
Foto: AP
26 aprel kuni AQSh bo‘ylab halokatli tornado o‘tdi. Bu haqda AP xabar berdi.
Kun davomida Nebraska, Texas va Kanzasda kamida 25 ta tornado qayd etildi. Nebraskada turar-joy binolari vayron bo‘ldi, bir necha kishi jarohatlandi. Texas va Ayova shtatlaridagi obektlar ham shikastlandi. Qayd etilgan shtatlardan tashqari, Missuri va Oklaxomada tornado haqida ogohlantirishlar kuchga kirdi.
Nebraska shtati Lankaster okrugidagi dovul paytida sanoat binosi zararlandi, oqibatda uch kishi jabrlandi. Tornado vaqtida binoda 70 kishi bo‘lgan. Rasmiylar odamlarning hayoti uchun xavf tug‘dirmaydigan jarohatlar olganini aytdi. Shuningdek, tornado Ueverli yaqinida poyezdni ag‘darib yubordi.
Nebraskada dovullar Omaxa chekkasida, asosan shaharning g‘arbiy tomonida joylashgan yuzlab uylarga zarar yetkazdi yoki vayron qildi. Elxorn hududida o‘nlab yangi qurilgan uylar vayron bo‘ldi.
Mahalliy aholi so‘zlariga ko‘ra, tornado «shimoldagi hududlarni tekislab tashlagan». Bir necha kishi jarohat olgan, qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Omaxa tornadosi paytida rasmiylar aeroportni yopdi. Yo‘lovchi terminali shikastlanmagani aytilmoqda. Tornado aeroport va Missuri daryosidan o‘tib, Ayova shtatiga kirdi.
Omaxa hududida 26 aprel kuni tornado tufayli 10 mingga yaqin iste’molchi elektr ta’minotidan mahrum bo‘ldi. Ayova shtatidagi Minden kichik shaharchasi ham jiddiy zarar ko‘rdi. Ayova shtati bo‘ylab tornado haqida ogohlantirishlar tungacha davom etdi.
Milliy ob-havo xizmati 27 aprel kuni Ayova, Kanzas, Missuri, Oklaxoma va Texas shtatlarida tornado bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.
Tavsiya etamiz
“Ona uchun yasalgan pechka” – migrantlikdan pechkachilikkacha
Jamiyat | 09:05 / 06.11.2025
Yaponiyada ayiqlar hujumidan 12 kishi vafot etdi. Ularga qarshi kurashga harbiylar jalb qilindi
Jahon | 19:21 / 05.11.2025
O‘zbekiston sentabrda dunyoda oltin sotgan yagona davlat bo‘ldi
Iqtisodiyot | 19:13 / 05.11.2025
Tramp nishonida - Venesuela. Nega?
Jahon | 18:30 / 05.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT XK Suriya rahbariyatidan sanksiyalarni olib tashladi: ash-Shar’a 10 noyabr kuni Vashingtonga boradi
Jahon | 09:22
-
Sog‘liqni saqlash vazirligidan so‘ng “O‘zarxiv” ham soxta akkauntlar haqida bayonot berdi
O‘zbekiston | 09:20
-
Volgograd NQZ ishi to‘xtadi: dronlar CDU va gidrokreking qurilmasini shikastladi
Jahon | 09:13
-
Kelgusi 10 yilda 100 mlrd dollardan ortiq: Tramp O‘zbekiston bilan rejalarga to‘xtaldi
O‘zbekiston | 08:53
Mavzuga oid
09:31
“S5+1” doirasida: O‘zbekiston va AQSh agrar sohada strategik sheriklikni kuchaytiradi
09:22
BMT XK Suriya rahbariyatidan sanksiyalarni olib tashladi: ash-Shar’a 10 noyabr kuni Vashingtonga boradi
08:53
Kelgusi 10 yilda 100 mlrd dollardan ortiq: Tramp O‘zbekiston bilan rejalarga to‘xtaldi
07:52