Jahon | 14:23 / 27.04.2024
6700
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiya yana Ukrainaning energetika infratuzilmasiga hujum qildi

Ukraina Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Dnipropetrovsk, Ivano-Frankivsk va Lviv viloyatlaridagi energetika infratuzilmasi obektlariga hujum qilgan.

Foto: Ukraina favqulodda vaziyatlar xizmati

27 aprel, jumaga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainadagi bir qator energetika infratuzilmasi obektlariga, jumladan Dnipropetrovsk, Ivano-Frankivsk va Lviv viloyatlarida hujum uyushtirdi. «Obektlardan birida smena boshlig‘i jarohat oldi - energetikda kontuziya. Zarbalar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda», deb xabar berdi Ukraina energetika vaziri German Galushchenko Telegram-kanalda.

O‘z navbatida, «Insayder UA» internet-nashri «DTEK»ning 4 ta issiqlik elektr stansiyasiga hujum qilingani, «uskunalar jiddiy shikastlangani, jabrlanganlar borligi» haqida yozmoqda. 

Dnipropetrovsk viloyatining Dniprovskiy va Krivorojskiy tumanlarida energetika inshootlari shikastlangan. «Bir necha yong‘in sodir bo‘ldi. Erkak jarohat oldi, u kasalxonaga yotqizildi», dedi viloyat harbiy boshqarmasi boshlig‘i Sergey Lisak. 

Xarkivdagi shifoxona yaqiniga zarba

Xarkiv meri Igor Terexov Telegram’da Rossiyaning tunda shaharga hujumi chog‘ida raketalar tibbiyot majmuasi yaqiniga kelib tushgani haqida xabar berdi. O‘sha paytda binolarda «mingdan ortiq odam bor edi - 900 bemor va ikki yarim yuz xodim», - deya qo‘shimcha qildi Terexov. 

«Yaxshiyamki, raketalar tibbiyot muassasasi binolariga emas, yerga tegdi - aks holda qurbonlar va jarohatlanganlar sonini tasavvur qilish qiyin bo‘lardi. Bir kishi yaralangan, darajasi - yengil», - deb yozadi mer. Shu bilan birga, portlash to‘lqinidan bir nechta binolar zarar ko‘rgan: «deraza oynalari singan, tomlar, elektr tarmoqlari, suv ta’minoti va boshqa kommunal tarmoqlarga zarar yetgan», deyiladi postda. 

27 aprelga o‘tar kechasi Ukraina havo kuchlari Rossiyaning Ukrainadagi nishonlarga qarshi bir qancha raketa uchirilishini qayd etdi. Boshqa narsalar qatorida Chernihiv, Kiyev, Xarkiv, Xerson va Dnipropetrovsk viloyatlari osmonida raketalar haqida ogohlantirishlar e’lon qilindi. «Kinjal» raketalarining uchirilishi Ukraina g‘arbiy viloyatlari yo‘nalishida qayd etilgan.

Ukraina qurolli kuchlari xabarlariga ko‘ra, Rossiya raketalari yo‘nalishini ko‘p bora o‘zgartirgan. Trevoga soat 05:46 da bekor qilindi.

Mavzuga oid