Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda dars paytida qarta o‘ynab o‘tirgan o‘quvchilarning ota-onasi jarimaga tortildi
Yunusobod tumanidagi maktabda dars vaqti qarta o‘ynagan maktab o‘quvchilarining ota-onalari va sinf rahbari jazolandi.
Ijtimoiy tarmoq sahifalarida «Maktabmi bu yoki qimorxona?» sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi. Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Videolavhadagi voqea 2024 yil 23 aprel kuni Yunusobod tumanidagi 235-sonli umumta’lim maktabida 8-«B» sinf o‘quvchilari tomonidan tarix fani darsi chog‘ida sodir etilganligi aniqlangan.
Dars jarayoniga xalaqit qilib, «qartabozlik» qilgan to‘rt nafar o‘quvchi va ularning ota-onalari maktabga chaqirtirilib, Milliy gvardiya, IIB xodimlari, psixolog hamda maktab ma’muriyati ishtirokida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.
O‘quvchilarning ota-onalariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan jarima qo‘llandi. 8-«B» sinf rahbari N.B. ga nisbatan intizomiy chora ko‘rilgan.
Mavzuga oid
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
15:32 / 25.05.2026
Toshkentda o‘quvchini urgan o‘qituvchiga oid jinoyat ishi tugatildi
15:24 / 02.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi
18:53 / 11.03.2026