Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pxenyan RF vetosidan so‘ng BMT sanksiyalari nazorati muvaffaqiyatsiz ekanini e’lon qildi
Rossiya BMT Xavfsizlik kengashida KXDRga qarshi sanksiyalarga rioya etilishini nazorat qiluvchi guruh ishini uzaytirish bo‘yicha rezolyutsiyaga veto qo‘yganidan so‘ng, Pxenyan G‘arbning bu kabi barcha urinishlari barbod bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Foto: JUNG YEON-JE/AFP
Shimoliy Koreya Pxenyanga qarshi sanksiyalarga rioya etilishini nazorat qilish uchun yangi ekspertlar guruhini yaratish bo‘yicha har qanday urinish muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, deb hisoblaydi. Shimoliy Koreyaning BMTdagi doimiy vakili Kim Son 5 may, yakshanba kuni e’lon qilgan bayonotida: «Dushman kuchlar kelajakda ekspertlarning ikkinchi va uchinchi guruhini yaratishi mumkin, ammo ularning barchasi vaqt o‘tishi bilan o‘z-o‘zini yo‘q qiladi», dedi.
Mart oyi oxirida Rossiya BMT Xavfsizlik kengashida KXDRga qarshi sanksiyalarga rioya etilishini nazorat qiluvchi ekspertlar guruhining mandatini uzaytirish bo‘yicha rezolyutsiya loyihasiga veto qo‘ygan edi. Kim Xavfsizlik kengashida Moskva veto qo‘yganidan keyin kuzatuv guruhining tarqatib yuborilishini «suveren davlat mavjud bo‘lish huquqini yo‘q qilmoqchi bo‘lgan noqonuniy, intrigali tashkilot tarixi hukmi» deb atadi.
AQSh sanksiyalarni nazorat qilishning «kreativ» usullarini qidirmoqda
Aprel oyida Seulga tashrifi chog‘ida AQShning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarga rioya etilishini ta’minlash va ekspertlar guruhi ishini davom ettirish muhimligini aytgan edi. U Vashington Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa davlatlar bilan birgalikda, hatto Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidan tashqarida ham sanksiyalarning amalda bo‘lishi ustidan doimiy monitoringni ta’minlash maqsadida «kreativ va innovatsion usullarni» o‘rganishiga ishontirdi.
KXDRning raketa va yadro dasturi bilan bog‘liq holda, BMT unga qarshi doimiy sanksiyalar joriy qilgandi, ular oxirgi marta 2016 va 2017 yillarda kuchaytirilgan. 2019 yildan beri BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari sifatida veto huquqiga ega bo‘lgan Rossiya va Xitoy sanksiyalarni vaqt bo‘yicha cheklashni talab qilmoqda.
Mavzuga oid
10:40
Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar: nimalar kutilmoqda?
15:59 / 07.02.2026
Sanksiyalar: YeI sudi Rossiyadan olib kirilgan avtomobillarni musodara qilishga ruxsat berdi
13:10 / 02.02.2026
YeI Qirg‘izistonga qarshi sanksiyalar rejasini muhokama qilmoqda
14:43 / 30.01.2026