Yevropa Ittifoqi 19-sanksiyalar paketiga özbekistonlik tadbirkor Rustam Möminovni ham kiritdi. Özbekiston, Rossiya va Buyuk Britaniya fuqaroligiga ega ekani keltirilgan Möminovning çeklovlarga uçraşi Rossiya harbiy-sanoat kompleksini qöllab-quvvatlaş bilan boğliq.

Qayd etilişiça, tadbirkor sellyuloza işlab çiqariş bilan şuğullanadigan «Farğona kimyo zavodi» MÇJga egalik qiladi. Uning mahsulotlari Perm va Qozon porox zavodlariga yetkazib berilgani keltirilyapti.

Öz navbatida «Farğona kimyo zavodi» 2016 yilda Toşkent şahrida davlat röyxatidan ötgan «Mercury Renaissance» MÇJ tarkibiga kiradi. Faoliyat turi – quriliş texnikasi va uskunalarini ijaraga beriş hamda lizing xizmatlari bölgan kompaniya ta’sisçilari – Möminov Rustam Rahimjanoviç (60 foiz) va Tojiyev Şahriyor Sahiyoroviç (40 foiz) bölib kelgan. Keyinçalik Rustam Möminovning uluşi Olga Şagiyevaga ötkaziladi.

Avvalroq Ukraina ham Özbekistonning uçta kompaniyasiga sanksiyalar kiritgani xabar qilingandi. Sanksiyalar röyxatidan «Raw Materials Cellulose», «Farğona kimyo zavodi» hamda «Mercury Renaissance» MÇJ joy olgandi.