Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda to‘yi kuni mashinadan tanasini chiqarib harakatlangan kelin-kuyov javobgarlikka tortildi
To‘yxonadan uyga qaytayotgan kelin harakatlanayotgan mashinaning lyukidan, kuyov esa orqa chap oynasidan tanasini chiqarib, qoidabuzarlik sodir etgan.
Toshkent shahrida to‘y kuni huquqbuzarlik sodir etgan kelin va kuyov javobgarlikka tortildi.
Poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 25 aprel kuni soat 22:30 larda “Bektemir” to‘yxonasidan Mercedes-Benz transport vositasida uyga qaytayotgan kelin harakatlanayotgan mashinaning lyukidan, kuyov esa orqa chap oynasidan tanasini chiqarib, qoidabuzarlik sodir etgan.
Sodir bo‘lgan holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-modda (piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi) bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, haydovchining avtomashinani boshqarish uchun tegishli hujjatlari bo‘lmagani sababli unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi (yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va transport vositasi jarima maydoniga qo‘yilgan.
Mavzuga oid
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
13:04 / 03.05.2026
PPX xodimini 14 yoshli qizga shilqimlik qilganlikda ayblagan yigit qamaldi
18:47 / 06.04.2026
Ichki ishlar xodimini urgan haydovchi uzr so‘radi
19:40 / 03.04.2026