Jahon banki «Özbekistonning kambağallikni qisqartiriş yöli: xalqaro taqqoslaş dasturi xulosalari» blogini e’lon qildi.
«Özbekiston kambağallik darajasi böyiça xalqaro miqyosda taqqoslanadigan hisob-kitoblarga ega bölmagan kam sonli davlatlardan biri edi. Önlab yillar davomida mamlakat kambağallikni dunyoning boşqa mamlakatlari bilan töğridan töğri taqqoslaşga tösqinlik qiladigan tarzda ölçab keldi. Bu esa Özbekistonda amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qançalik samarador ekanini tuşunişni qiyinlaştirdi.
Biroq 2017 yildan boşlab, mamlakat Xalqaro taqqoslaş dasturida iştirok eta boşlagaç, Özbekistonda kambağallikni ölçaş tizimi qayta körib çiqildi. 2021 yilda Jahon banki kömagida qaşşoqlikni ölçaşning yangi metodologiyasi joriy qilindi va hukumat öz oldiga 2026 yilgaça kambağallik darajasini ikki baravar kamaytirişni maqsad qilib qöydi», deya ta’kidlagan blog mualliflari.
Özbekistonda kambağallik sezilarli darajada qisqargan
Özbekistonda 2015-2022 yillarda kambağallik darajasi 2 barobarga qisqarib, Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari içida eng yaxşi körsatkiçlardan birini qayd etgan. Xususan, mamlakatda kambağallik darajasi 2015 yildagi 36 foizdan 2022 yilda 17 foizgaça pasaygan. Bu körsatkiç Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi umumiy natijalarga nisbatan yaxşiroq. Uşbu davrda umumiy miqyosidagi körsatkiç 13 foizdan 8 foizgaça kamaygan.

Uy xöjaliklari daromadining oşişi kambağallikni kamaytirişga yordam bergan
Blogda milliy kambağallik çegarasi (minimal iste’mol xarajatlari) asosida hisoblangan kambağallik darajasi 2021 yildagi 17 foizdan 2023 yilda 11 foizgaça pasaygani keltirilgan.

Jumladan, 2021-2023 yillarda qişloq joylarida 1,2 mln aholi (kambağallik darajasi 2021 yil – 19,8 foiz; 2023 yil – 12 foiz) va şaharlarda 400 ming (13,9 foiz; 10,1 foiz) aholi kambağallikdan çiqarilgan. Bunda qişloq joylarida kambağallikning qisqarişi şaharlarga nisbatan tezroq keçgan.








