Buxoro neftni qayta ishlash zavodi AI-80 ishlab chiqarishni to‘liq to‘xtatadi
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi noyabr-dekabr oylarida AI-91 va undan yuqori oktonli benzinni ko‘proq ishlab chiqarishni boshlaydi, 2025 yil boshidan esa AI-80 ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatish rejalashtirilgan.

Foto: Buxoro neftni qayta ishlash zavodi
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 2025 yil boshidan Ai-80 benzinini ishlab chiqarishni to‘liq to‘xtata boshlaydi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisining qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Odil Temirov 14 may kuni Toshkentda o‘tkazilgan Energetika haftaligi doirasida Gazeta.uz’ga ma’lum qilgan.
«O‘zbekneftgaz» vakili Fransiyaning Axens kompaniyasi bilan parallel ravishda loyihalashtirish ishlarini olib borish uchun uning texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha litsenziya shartnomasi ustida ish boshlanganini ham aytib o‘tgan.
«Ular asosiy loyihani sentabrgacha yakunlashlari kerak. Bunga parallel ravishda biz Xitoyning CNPC (China National Petroleum Corporation, bosh pudratchi sifatida tanlangan) bo‘linmasi bilan ishlayapmiz, tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. AI-80 benzinidan bosqichma-bosqich voz kechish ishlarini olib bormoqdamiz. Noyabr-dekabr oylarida AI-80 o‘rniga AI-91, AI-92 ishlab chiqarishni boshlaymiz, 2025 yil boshidan to‘laqonli voz kechish boshlanadi», - degan Odil Temirov.
Ma’lum qilinishicha, ayni paytda Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 85 foizi AI-80, qolgan 15 foizi esa AI-92 benzinidir. Noyabr oyidan boshlab bu nisbat o‘zgara boshlaydi.
Avvalroq, 2023 yilning 29 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev bosh vazir Abdulla Aripovga 2025 yildan AI-80 markali benzindan voz kechish masalasini uzil-kesil hal qilish bo‘yicha topshiriq bergandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
90 foiz uylar vayron bo‘lgan G‘azo, Kashmirdagi teraktda ayblanayotgan Pokiston va barbod bo‘lgan London muzokaralari - kun dayjesti
Jahon | 13:30
-
Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 13:04
-
Avtomobillarning noqonuniy ijarasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
O‘zbekiston | 13:02
-
Haj va Umra ziyoratiga noqonuniy ravishda yubormoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi
Jamiyat | 12:47
Mavzuga oid

18:55 / 01.04.2025
Shovotda benzin sisternasiga tushgan yigit zaharlanib vafot etdi

21:05 / 27.03.2025
Buxoro neft zavodi jarimaga tortilgan. Raqobat qo‘mitasi tafsilotlarni ochiqlamadi

13:23 / 10.03.2025
430 tonna Ai-80 benzinini noqonuniy ravishda sotib yuborgan MChJ aniqlandi

23:00 / 05.03.2025