Xerson oblastida Rossiyaning T-90M tanklari va Avdiyivka frontidagi harbiy shifokorlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 813-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Volodimir Zelenskiy Xarkivga tashrif buyurdi. U «vaziyat juda jiddiyligi, lekin Xarkiv boy berilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi»ni aytgan.
- Ukraina IIVning tasdiqlashicha, rossiyalik harbiylar Vovchansk aholisi vakillarini asirga olmoqda va otib tashlamoqda.
- Davlat dumasining mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi uch farzandli otalar uchun safarbarlik chaqiruvi kechiktirishga qarshi chiqdi.
- Xarkiv oblasti hududi o‘qqa tutilishi oqibatida olti kishi yaralangan, ular orasida Vovchansk shahri harbiy ma’muriyati rahbari Tamaz Gambarashvili ham bor.
- Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lum qilishicha, ukrainalik harbiylar Rossiyaning Vovchanskdagi kvartallarga kirish va u yerda o‘rnashib olish bo‘yicha rejalarini barbod qilgan.
- «Vajniye istorii» nashri aniqlashicha, urush boshlanganidan buyon rossiyaliklar Ukrainaning bosib olingan hududlarida 500 dan ortiq kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazgan. Bu kompaniyalar orqali ukrain g‘allasi olib chiqilgan.
- Rossiya mudofaa vazirligi ukrain dronlari va raketalari Rossiya regionlari va Qrimga hujum qilgani haqida xabar berdi. Shebekinoda ikki kishi jarohatlangan.
- Ukraina razvedkasi tasdiqlashicha, dronlar Tuladagi «Bazalt» zavodiga borib tushgan.
- Qrimdagi Belbek aviabazasiga ATACMS raketalari bilan zarba berilishi oqibatlari aks etgan kadrlar tarqaldi. Hududda ikkita MiG-31 va bitta Su-27 yo‘q qilingan, bitta MiG-29 shikastlangan, shuningdek, ikkita S-400 zenit-raketa kompleksi hamda bitta 92N6Ye radari yakson etilgan.
Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari
DXR rasmiylari muntazam ravishda ukrain harbiylarini shaharga tinch aholi o‘limiga sabab bo‘luvchi zarbalar berishda ayblab keladi. 16 may kuni DXR rahbari Denis Pushilin shaharning Petrovskiy rayonida jamoat transporti o‘qqa tutilishi oqibatida to‘rt ayol halok bo‘lganini ma’lum qildi. Ulardan birining qizi o‘rta og‘irlikda jarohat olgan. Ukraina tomoni Donetsk o‘qqa tutilishi yuzasidan rasman izoh bermagan.
Xerson oblastining okkupatsiya ostidagi qismida rus tanklari
RF qo‘shini Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinning ilk davrida Xerson oblastini to‘liq egallab olgandi. 2022 yil sentabrida Ukrainaning qarshi hujumi davomida Rossiya «referendumlar yakunlariga ko‘ra» o‘z hududi deb e’lon qilgan regionning bir qismi ozod etiladi. Ukraina o‘shanda Xersonni ham qaytarib olgan, bu shahar RF qo‘shini bosqin davomida egallab olgan yagona oblast markazi bo‘lib turgandi. Ammo Xerson oblastining kattagina qismi hamon Rossiya qo‘shini tomonidan egallab turilibdi. U yerda, boshqa qurollar qatori Rossiyaning zirhli texnikalari, jumladan RF armiyasiga 2020 yilda qabul qilingan T-90M «Proriv» tanklari ham joylashtirilgan.
Ukraina qurolli kuchlarining Avdiyivka atrofidagi dala hospitali
Avdiyivka yo‘nalishida Rossiya qo‘shiniga qarshi janglarda boshqalar qatori «Magura» 47-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi ham jang qilmoqda. Brigadaning 25-alohida shturm batalyoni jangchilari to‘rt oy davomida Avdiyivka koks kimyo zavodini mudofaa qilgan, 2024 yil fevralida esa, ukrain qo‘mondonligi qo‘shinlar shahardan olib chiqilishini e’lon qilganida, yo‘qotishlarsiz chiqishga muvaffaq bo‘lgandi, deb yozgan «Ukrainskaya pravda». 47-brigada Avdiyivka frontida jang qilishda davom etmoqda, Ocheretinoda mudofaa yorib o‘tilganidan keyin bu hududda vaziyat og‘irlashgan.
Mavzuga oid
08:56
AQSh Ukrainaga 1,25 mlrd dollarlik yordam paketini tayyorlamoqda
19:14 / 27.12.2024
Ukraina Kursk oblastida ilk marta KXDR askarini asirga oldi - OAV
15:31 / 27.12.2024
Yaponiya RF aktivlari hisobidan Ukrainaga 3 mlrd dollar beradi
14:45 / 26.12.2024