YeI 1 mlrd yevrolik 54 ta mudofaa loyihasini moliyalashtiradi
Yevropa komissiyasi tomonidan tanlangan loyihalar kimyoviy, biologik va yadroviy mudofaa sohasidagi ishlanmalarga tegishli. Kibermudofaa va yangi tankni ishlab chiqish sohasida loyihalar rejalashtirilgan.
Yevropa komissiyasi (YeK) amalga oshirish uchun umumiy qiymati 1 milliard 31 million yevro bo‘lgan 54 ta mudofaa bo‘yicha qo‘shma tadqiqot va ishlanma loyihasini tanladi. Tanlov Yevropa mudofaa jamg‘armasi doirasida 2023 yil uchun arizalarni qabul qilish bo‘yicha so‘rov natijalariga ko‘ra amalga oshirildi, deb xabar berdi regulyator 16 may, payshanba kuni.
«Tanlangan loyihalar kibermudofaa, quruqlik, havo va dengiz urushi, kosmik himoya, kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy mudofaa kabi muhim sohalarda mudofaa qobiliyatining keng doirasi bo‘yicha texnologik mukammallikni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan», deyiladi Yevropa komissiyasining Bryusselda e’lon qilingan kommyunikesida.
YeI harbiy ustuvorliklarini amalga oshirish
Hujjatga ko‘ra, yangi ishlanmalar Yevropa Ittifoqining harbiy salohiyat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishga yordam beradi, masalan, koinotga bo‘yicha vaziyatdan xabardorlik va bo‘lajak asosiy jangovar tank uchun texnologiyalar. Shuningdek, gap katta hajmdagi strategik yuklarni havoda tashish, uchuvchisiz uchish tizimlariga qarshi kurashish texnologiyalari, og‘ir zirhli transport vositalari qismlarini takomillashtirish va boshqa loyihalar haqida bormoqda.
Tanlangan loyihalarni amalga oshirishda Yevropa Ittifoqiga a’zo 26 davlat va Norvegiyadan 581 yuridik shaxs ishtirok etadi.
Yevropa mudofaa jamg‘armasi 2021 yilda Yevropa parlamenti tomonidan tasdiqlangan. Jamg‘armaga 2027 yilgacha bo‘lgan davr uchun taxminan 7,95 milliard yevro ajratilgan. Ulardan 2,65 milliardi ilmiy loyihalarga, 5,3 milliard yevro esa aniq ishlanmalarga ajratilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Katanets ketdi. U O‘zbekistonni JChga yaqinlashtirgandi
Sport | 21:24 / 22.01.2025
“Oxirgi so‘zni Oliy sud aytadi” - tahlilchilar Trampning antimigratsiya choralari haqida
Jahon | 16:10 / 22.01.2025
Bayden oila a’zolari va Kapitoliyga hujum tergovchilarini oldindan afv etdi. Bu nima uchun kerak?
Jahon | 15:46 / 22.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Kreml vakili Tramp tahdidiga javob qaytardi
Jahon | 17:45
-
Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Jamiyat | 17:42
-
FT: Kiyev G‘arbdagi ittifoqchilari Ukrainaga 50 ming harbiy yuborishiga umid qilmoqda
Jahon | 17:28
Mavzuga oid
17:59 / 22.01.2025
Politico: YeI va Britaniya AQSh bilan savdo urushiga tayyorlanmoqda
16:55 / 22.01.2025
Harbiy-strategik hamkorlik dasturi va 50 ta qo‘shma tadbir - Rossiya mudofaa vazirining O‘zbekistonga tashrifi tafsilotlari
22:08 / 21.01.2025
Rossiya mudofaa vaziri O‘zbekistonga keldi
17:53 / 19.01.2025