Dasturçilar Ilhom Qodirov va Abzalxöja Ibrohimovlar özbekça ruhdagi “Şumtaka” öyinini işlab çiqdi. “Özimiz dasturçi bölganimiz uçun uni işlab çiqişga deyarli pul sarflamadik”, deydi ğoya mualliflari. “Şumtaka”da non, oş, çoynak, qovun, tarvuz, uzumzor kabi atributlardan foydanilgan. Qahramon esa milliy kiyintirilgan. Dasturçilar Kun.uz’ga bergan intervyusida “Şumtaka”ning paydo bölişi haqida gapirib berdi.

Ilhom Qodirov:

— 29 yoşdaman, IT park universiteti 2 kurs talabasiman. “Şumtaka” öyinini Afzalxöja bilan işlab çiqqanmiz. Öyinni milliy ruhda qilişga harakat qildik, “Subway Surface”dan ilhomlanib yasaganmiz öyinni. Farqi şundaki, 4 qatorli maydonda yugurib ketadi, yölidan çoynak, qovun, tarvuz, uzumzorlardan ötib uzoqroq masofaga boriş kerak böladi.

Afzalxöja Ibrohimov:

— 24 yoşdaman, 2022 yilda Toşkent Texnika universitetini bitirganman. Hozirgi kunda biz öyin yasaş bilan şuğullanamiz. “Şumtaka” öyiniga milliy ruh beriş uçun paxta, non kabilarni qöyganmiz, tangaçalar yiğiş örniga paxta bilan non yiğadi va şuning hisobiga ballga ega böladi. Yugurib ketayotganda turli tösiqlar çiqadi, ğölalar, uzumzor çiqadi, sakrab yoki aylanib ötiladi. Tarvuz-qovunlar ham çiqadi, bu ham milliy ruh beradi.

Ilhom Qodirov:

— Milliy bölgani uçun xayolga birinçi şu narsalar keldi va paxta, non tanlandi. Bizda bozor katta emas, öyin yasaş qiyin deb öylaşadi, Özbekiston bozorida köproq veb-dasturlaşga e’tibor qaratişgan, öquv kurslarda xam köpinça şu örgatiladi. Şu sabab biz öyin yönalişidan borişga qaror qildik. Bu narsa xam osonligini körsatmoqçi böldik, şu bilan birga özimizga tajriba böldi.

Öyin yasaşda Unity engine'dan foydalandik, bu maxsus öyinlar işlab çiqaruvçi dastur hisoblanadi.

Afzalxöja Ibrohimov:

— Men dasturiy ta’minotini qilganman, qolgan işlariga ham qöldan kelgança qaraşganman. Unity engine'da işlaş uçun c-sharp dasturlaş tilini biliş kerak. Unity engine dasturiy ta’minotidan foydalanib öyinlar yasaladi, interfeysini, qayerda qanday işlatişni bilsa, uning içida öyin yaratiş uçun kerakli vositalar bor. Öşalardan foydalanib koding qismi yoziladi. Faqat Unity engine emas, Unreal engine ham bor, unda asosan katta öyinlar qilinadi PUBG kabi. Unity engine'ga heç qanday pul tölanmaydi, faqat öyindan olingan daromad yiliga 100 ming dollardan oşsa, ularga dasturiy ta’minot uçun pul tölanadi.