Xitoyning Binçjou şahrida yaşovçi erkak 14 fevral kuni tungi bozorda bolalar öyinlaridan birini öynab, Maserati avtomobilini yutib oldi. South China Morning Post yozişiça, erkak bu öyinga 280 dollar sarflagan.
Öyin iştirokçisi halqalarni nişonga bexato irğitişi kerak edi. Boş sovringa taxminan 235 ming dollar qiymatidagi Maserati avtomobili qöyilgandi.
Van familiyali erkak tavakkal qilib öyinga kirişgan. U uç soat davomida 8 mingga yaqin halqa otgan va natijada avtomobil yutib olgan. Sovrin egasi halqa otişdan söng qöllari oğrib qolganini tan oldi. Şuningdek, u böş vaqtlarida basketbol öynaşni yoqtirişini va “uç oçkolik” töplarni mohirona taşlaşini ham aytib ötdi.

Ammo biroz vaqt ötgaç, avtomobil Vanning mulkiga ötmasligi, balki unga faqat bir yilga ijaraga berilişi ma’lum böldi. Erkak kiosk egasi bilan yutuqni pulga almaştiriş böyiça kelişişga urinmoqda.
Ba’zi internet foydalanuvçilari Vanga avtomobildan pul işlaş yöllarini taklif qildi. Ular orasida Maseratini töylarga ijaraga beriş varianti ham mavjud.












