Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron prezidentining vertolyoti qulaganidan keyin butunlay yonib ketgan - Reuters
Qulagan vertolyot tasvirlari Eron OAV tomonidan e’lon qilindi. Vertolyot qulagandan keyin to‘liq yonib ketgan. Yo‘lovchilar taqdiri haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q.

Foto: Tasnim News
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bortida bo‘lgan vertolyot qulaganidan keyin yonib ketdi. Bu haqda Eron OAV xabar berdi.
Vertolyot surati Eronning Isna agentligi tomonidan e’lon qilingan. Avvalroq Reuters agentligi Eron rasmiysiga tayanib, vertolyot qulagandan keyin to‘liq yonib ketganini ma’lum qilgandi. Yo‘lovchilar taqdiri haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q.
Qidiruv-qutqaruv ishlari noqulay ob-havoga qaramay, tun bo‘yi davom etdi: Eron ommaviy axborot vositalari halokat sodir bo‘lgan hududda yomg‘ir yog‘ayotganini xabar qildi. Vertolyotni qidirishda Eron armiyasi ham ishtirok etgan.
Tasnim agentligi xabariga ko‘ra, yonib ketgan vertolyot mahalliy vaqt bilan ertalab soat oltilarda topilgan
Baxtsiz hodisa 19 may kuni sodir bo‘ldi. Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, shuningdek, mamlakat tashqi ishlar vaziri Hussayn Amir Abdullohiyon va Sharqiy Ozarboyjon viloyati gubernatori Oyatulloh Muhammad Ali Al-Hoshim Ozarboyjon bilan chegaradagi to‘g‘on ochilishidan qaytayotgan edi. Vertolyot Sharqiy Ozarboyjon viloyatining Uzi qishlog‘i yaqinida qulagan.
Ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, vertolyot qulagan hududda tuman tushgan, shuningdek, u yerda ham yomg‘ir yog‘moqda, bu esa avtomobillar va odamlarning o‘tishini qiyinlashtirgan loyga sabab bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Importda yana muammo: Texnik tartibga solish agentligi muzlatkich va sovitkichlarni O‘zbekistonga kirgizmayapti
Iqtisodiyot | 18:37
-
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi
Jahon | 18:13
-
Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tuzildi – asosiy ma’lumotlar
Iqtisodiyot | 18:04
Mavzuga oid

08:07 / 10.07.2025
«Netanyahu sizni urushga boshlamoqda»: Taker Karlson Eron prezidentidan intervyu oldi

13:05 / 09.07.2025
Fransiya razvedkasi: Eronning yadroviy dasturi «uzoq vaqtga» kechiktirildi

05:05 / 09.07.2025
TSAHAL ilk bor Eron hujumi oqibatida harbiy obektlarga shikast yetganini tan oldi - Reuters

21:29 / 08.07.2025