Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil 1 iyundan boshlab mamlakatga kirish uchun elektron ruxsatnoma joriy qiladi
Elektron ruxsatnoma vizasiz mamlakatlardan keladigan sayyohlar uchun amal qiladi. O‘zbekiston ularning qatoriga kirmaydi.
Isroil 1 iyundan boshlab vizasiz mamlakatlardan keladigan sayyohlar uchun elektron kirish ruxsatnomalarini joriy qiladi. Bu haqda «Golos Izrailya» xabar berdi. Vizasiz davlatlar qatoriga Rossiya, Ukraina, Belarus, AQSh, Yevropa Ittifoqi davlatlari va boshqalar kiradi. O‘zbekiston va Isroil viza rejimiga ega.
Yangi tizimga ko‘ra, vizasiz rejim o‘rnatilgan mamlakatlardan kelgan sayyohlar kirishga ruxsat olish uchun oldindan maxsus shaklni onlayn to‘ldirishi kerak bo‘ladi.
Avvalroq, aprel oyida Isroil turizm vazirligi Electronic Travel Authorization (ETA) tizimi joriy etilishini ma’lum qilgandi.
Elektron viza uchun 25 shekel (taxminan $7) to‘lov olinadi. Arizaga xalqaro pasport skaneri, ikki tomonlama aviachipta, sayohat tibbiy sug‘urtasi va Isroilga sayohat maqsadi haqida umumiy ma’lumotni o‘z ichiga olgan hujjat ilova qilinishi kerak.
Ariza 48 soat ichida ko‘rib chiqiladi. Berilgan viza ikki yil davomida amal qiladi.
Ta’kidlanishicha, yangi elektron ruxsatnomalar Isroilga kelganda viza olish uchun bir necha soatlik navbatlarni bartaraf qilish maqsadida joriy etilmoqda.
Mavzuga oid
09:17 / 20.06.2026
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
17:56 / 19.06.2026
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25 / 18.06.2026