Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ishsiz yurgan o‘zbekistonliklar ishga joylashishiga ko‘maklashildi
Rossiyada O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Tashqi mehnat migratsiyasi xabariga ko‘ra, agentlikning Rossiya Federatsiyasidagi vakillari Tuladagi “Mario rioli”, “Dogrular”, Voronejdagi “Spesialnaya dvernaya kompaniya”, Amurdagi “PSP” hamda Nijniy Novgoroddagi korxonalarda bo‘lib, yurtdoshlar va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Unda xorijiy ishchi kuchiga ehtiyoji mavjud korxonalarga tashkiliy tarzda O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Fuqarolarga Rossiya hududida qonuniy bo‘lib turish va ishlash, bir martalik moddiy yordam olish tartibi, pasportni yo‘qotgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda vatanga qaytish sertifikatini rasmiylashtirish masalalarida huquqiy maslahat, so‘rovnoma to‘ldirishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, ishsiz yurgan fuqarolarni ishga joylashishida ko‘maklashildi. Sankt-Peterburgdagi shimoli-g‘arbiy davlat tibbiyot universitetida ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan ham uchrashuv tashkil etildi.
Mavzuga oid
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
15:09 / 07.01.2026
Ishga joylashtirish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvlar soni oshiriladi
16:54 / 25.12.2025