Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Migratsiya agentligi Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklarni noqulay ob-havo haqida ogohlantirdi
Agentlik ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘radi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ob-havo sharoiti sabab Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga ogohlantirish bilan chiqdi.
So‘nggi kunlarda Qozog‘iston hududlarida ob-havoning keskin sovishi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.
Shuningdek, yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi sababli respublika darajasidagi avtoyo‘llarda harakatlanish cheklangan.
Shu munosabat bilan agentlik ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘radi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026