15 may kuni Toşkent şahridagi daraxtlarda turli zararkunandalar va kasallaniş köpaygani, lekin ularga qarşi çora körişga heç kim boş qöşmayotgani haqida Kun.uz’da material e’lon qilingan edi. Şuningdek, tahririyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligiga mavzu yuzasidan sörov yuborgandi. Holatga vazirlik mutaxassisi Nurillo Muhsinov izoh berdi. Uning ma’lumot berişiça,16 mayda Ekologiya vazirligi tomonidan zararlangan daraxtlarni örganib çiqiş böyiça loyiha hukumatda kiritilgan. Loyihada budjetdan 3 milliardga yaqin pul söralgan. Birinçi bosqiçda 470 dan ortiq markaziy köçalardagi daraxt va butalarga işlov beriladi.

Muhsinov daraxtlardagi zararkunandalarga qarşi kuraşiş uçun çumçuqsimon quşlarni sun’iy köpaytiriş usulidan ham foydalaniş haqida öylab körilayotganini qöşimça qildi. “Zoologiya instituti bilan şaharda quşlarni köpaytirişni ham yölga qöymoqçimiz. Çumçuqsimon quşlar ham zararkunandalar bilan oziqlanadi”, – dedi vazirlik mas’uli.

Mutaxassis daraxtlarga işlov berişda asosan biologik va kimyoviy usullardan foydalaniş mumkinligini aytib, şahar hududida odamlar bölgani uçun biologik usuldan foydalaniş köproq maqsadga muvofiq ekanini ham ta’kidladi.

“Aniqlangan kasallik va zararkunandalarga qarşi biologik va kimyoviy kuraş çoralarini olib borişda davlat kimyo komissiyasi röyxatidan ötgan preparatlarni havo harorati 25 darajadan yuqori bölmagan şaroitda daraxtlarning zararlaniş holatiga qarab belgilangan oraliqda sepiş tavsiya etiladi. Qöllangan kimyoviy yoki biologik preparatlarning kuraş çoralari biologik samaradorligi doimiy(har 5-7 kunda) hisoblab borilib, natijalarga tayanib daraxtlarga qayta işlov beriş yuzasidan qöşimça xulosa va tavsiyalar tayyorlaşni reja qilganmiz”, – dedi Nurillo Muhsinov.

Şuningdek, mutaxassis Ekologiya vazirligi qoşidagi ilmiy tadqiqot institutlaridan olimlarni yiğib, şaharda bitta işçi guruh taşkillaştiriş va u guruh olimlari tavsiyasi asosida çoralar işlab çiqiş kerakligini aytdi. Muhsinov işçi guruh tarkibida Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi qoşidagi ilmiy muassasalardan mutaxassis, Toşkent şahar hokimiyatidan vakil, ÖzFAga tegişli bölgan soha olimlari: dendrolog, entamolog, fitopatolog, agroximiklar jamlanişi kerakligini alohida ta’kidladi.

“Ular şahardagi daraxtlarning biologik holati, ösişi, rivojlanişi, ulardagi kasallik, zararkunandalarni doimiy nazorat qilib borişi kerak. Ösimliklar holati haqida har çorakda hisobot tayyorlab, daraxtlar sanitar holati böyiça öz xulosasini taqdim etib turişi kerak va şu xulosaga asosan biologik kuraş olib boriladi. Şuningdek, SES xodimlari ham guruhga kirsa yaxşi bölar edi. Ular biologik preparatlarning insonga xavf darajasini aytsa, şunga qarab iş boşlanişi kerak