O‘zbekiston | 09:05 / 29.05.2024
4275
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda rasman ishlayotgan talabalar soni ochiqlandi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi O‘zbekistonda rasman ishlayotgan talabalar yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, jami ishlayotgan talabalar soni 114 135 nafarni tashkil qiladi.
Ular:
- davlat tashkilotlarida — 62 754 nafar (55 foiz);
- xususiy sub’yektlarda — 47 469 nafar (41,6 foiz);
- ikkala sektorda — 3 912 nafar (3,4 foiz).
Jins bo‘yicha:
- erkak — 66 825 nafar (58,5 foiz);
- ayol — 47 310 nafar (41,5 foiz).
Bu borada Toshkentda o‘qiyotgan talabalar peshqadam — 35 988 nafar (31,5 foiz);
- erkaklar — 25 380 nafar (22,2 foiz);
- ayollar — 10 608 nafar (9,3 foiz).
Mavzuga oid
14:39
Tomsk oblastiga O‘zbekistondan mutaxassislar ishga jalb qilinadi
15:42 / 20.12.2024
O‘zbekistonlik kadrlarni Chexiyada ishga joylashtirish boshlanadi
12:29 / 18.12.2024
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Rossiyadagi yirik ish beruvchilar bilan muzokara o‘tkazdi
08:21 / 16.12.2024