Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Savdo sohasidagi korxonalar 4 oyda qancha soliq to‘lagani aytildi
O‘zbekistonda savdo sohasidagi korxonalar yanvar-aprel oylarida oyda 8 trillion so‘mga yaqin soliq to‘lagan.
2024 yil yanvar-aprel oylarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 147 819 ta yuridik shaxs tomonidan 7,8 trillion so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 812 milliard so‘mi, ya’ni 10,3 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.
Ularning jami tovar aylanmasi 15,7 trillion so‘mni, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 187,8 milliard so‘mni tashkil etgan.
Ushbu 20 ta soliq to‘lovchi tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS – 306,6 milliard so‘m;
- foyda solig‘i – 203,1 milliard so‘m;
- aksiz solig‘i - 114,2 milliard so‘m;
- JShODS - 101,8 milliard so‘m;
- ijtimoiy soliq - 53,7 milliard so‘m;
- mol-mulk solig‘i - 17,2 milliard so‘m;
- yer solig‘i - 4,9 milliard so‘m.
Mavzuga oid
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
08:16 / 02.06.2026
Top-10: dunyo savdosida eng katta ulushga ega davlatlar
09:02 / 12.03.2026
O‘zbekistonda xorijiy korxonalar asosan savdo sohasida faoliyat yuritmoqda
08:00 / 20.02.2026