Isroil Sloveniyani Falastinni tan olmaslikka chaqirdi
Falastin mustaqilligini tan olish hamaschilar uchun mukofot bo‘ladi, dedi Isroil tashqi ishlar vaziri Kats. Sloveniya parlamenti 4 iyun kuni Falastinni tan olish uchun ovoz beradi.

Foto: Reuters
Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats Sloveniya parlamenti a’zolari Falastin davlatini tan olishdan bosh tortishiga umid bildirdi. «Sloveniya hukumatining parlamentga Falastin davlatini tan olishni tavsiya etish haqidagi qarori HAMAS uchun mukofotdir... Umid qilamanki, Sloveniya parlamenti bu tavsiyani rad etadi», — deb yozdi Kats 30 may, payshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida.
Avvalroq Sloveniya parlamenti 4 iyun kuni Falastin davlati mustaqilligini tan olish masalasi bo‘yicha ovoz berishi ma’lum bo‘lgandi. Falastin mustaqilligi yaqinda Norvegiya, Irlandiya va Ispaniya tomonidan tan olindi.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirishicha, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirish va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 36 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oshadi. G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilishi va eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stiv Uitkoff Eronning yuqori martabali vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 00:11
-
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
Jahon | 23:36 / 10.04.2025
-
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
Jahon | 23:29 / 10.04.2025
-
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi 1 sentabrga qadar yopiladi
Jamiyat | 23:10 / 10.04.2025
Mavzuga oid

09:49 / 10.04.2025
Tramp: Isroil Eronga qo‘shma zarba berishda yetakchi bo‘ladi

09:15 / 09.04.2025
Isroil sudi ShABAK rahbarining ishdan olinishini vaqtinchalik blokladi

09:05 / 09.04.2025
Tramp Oq uyda matbuot ko‘z o‘ngida Netanyahuni tahqirladi - Isroil OAV

15:55 / 08.04.2025