Fuqarolik işlari böyiça Toşkent şahar Uçtepa tumanlararo sudi 2023 yil 19 dekabr kuni 2-1004-2303/22505-sonli fuqarolik işi böyiça hal qiluv qarorini çiqarib, javobgardan da’vogar foydasiga ular örtasidagi qarz kelişuvida közda tutilgan summa va davlat bojini undirişni belgilagan.
Hal qiluv qarori 2024 yil 19 yanvarda qonuniy kuçga kirgan. Işni körgan sudya şu kuni ijro varaqasini şakllantirib, elektron tizim orqali Majburiy ijro byurosiga taqdim etgan. Lekin oradan qariyb 5 oy ötgan bölsa-da, amaliy harakatlardan darak yöq.
Çunki ijro hujjati MIB va sud örtasida “koptok” bölyapti.
Kun.uz'ga murojaat qilgan fuqaroning sözlariga köra, bir neça oy davomida ijro varaqasi MIB tomonidan kamida 5 marta qaytarib yuborilgan. Fuqaro bilan suhbatda MIB xodimlari buni ijro varaqasida kerakli ma’lumotlar yöqligi bilan izohlagan, sud xodimlari esa har safar byuro sörayotgan kamçiliklar tuzatib qayta yuborilgani, hujjatda töğrilaydigan joyi qolmaganini aytgan.
“Bu yerda yoki sud xodimlari elementar fuqarolik işi böyiça bor-yöği 2 varaqlik hujjatni eplab yoza olmayapti, yoki MIB hujjatdan arzimas xatolarni topib uni qaytaraveriş bilan ijroni paysalga solyapti. Undirilişi kerak bölgan mablağning inflatsiya sabab şu yarim yil içida yöqotilgan qiymati, ya’ni fuqaroning manfaati ularni qiziqtirayotgani yöq.
Iş ijroga qabul qilinişini yana qança kutişim kerak? Yoki qaysidir tomon bir-ikki söm berib, rozi qilişimni kutyaptimikan? Men özim har ikki idora bilan boğlanib jarayonni yurgizib turişga majbur bölayotganim, şunda ham hujjatdagi arzimas xatolarni tuzatiş 5 oyga çözilib ketgani şunday gumonga borişimga majbur qilyapti”, – deydi fuqaro.
Ta’kidlaş kerakki, davlat organlari örtasidagi hujjat almaşinuvida qoğoz şakldan voz keçilib, elektron şaklga ötilgani haqida köp maqtovli gaplar aytilgan. Elektron hujjat almaşinuviga ötilgani idoralar örtasida amaliyotda bölib turadigan bu kabi holatlarni tezkor hal qiliş imkonini ham berişi kerak edi. Lekin körinib turibdiki, şakl özgargani bilan mohiyat öşa-öşa: hammasi davlat xizmatçilarining öz işiga qançalik mas’uliyat bilan yondaşişiga boğliq bölib qolmoqda.








