Jamiyat | 09:00 / 06.06.2024
2107
1 daqiqa o‘qiladi

Fuqarolarni Norvegiyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Xorazm viloyati Xiva shahrida fuqarolarni Norvegiya davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi, deb xabar bermoqda prokuratura departamenti. 

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xiva shahar bo‘limi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, fuqaro Q.E. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, 5600 AQSh dollari evaziga ularni Norvegiya davlatiga ishga yuborishini aytib, oldindan 1900 AQSh dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid