12:13 / 06.06.2024
17274

Samarqandda «KamAZ» piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan ayol va uning ikki farzandini urib yubordi 

2 nafar voyaga yetmagan bola olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Ularning onasi Samarqand tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Foto: Videodan kadrlar

Nurobod tumanida ikki nafar bolaning o‘limi bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

2024 yil 4 iyun kuni soat 16:30 larda Nurobod tumani Mehnatkash mahallasi hududidan o‘tuvchi “Samarqand-G‘uzor” A-378 avtomobil yo‘lining 35-kilometrida YTH qayd etilgan.

Haydovchi, 1999 yilda tug‘ilgan P.Yo. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “KamAZ-53212” rusumli yuk avtomashinasida harakatlanib borishi davomida, piyodalar o‘tish yo‘lakchasidan o‘tayotgan J.F. va uning 2 nafar voyaga yetmagan farzandlarini urib yuborib, yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan.

Oqibatda 2 nafar voyaga yetmagan bola olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Ularning onasi Samarqand tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, himoya huquqi bilan ta’minlanib, JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top